• Valyuta kurslari.
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet310/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    Ortiqcha quvvatlar.
    Ortiqcha quvvatlar, ya’ni mavjud foydalanilmaydigan 
    asosiy kapitalning ko’payishi, yangi investitsion tovarlarga talabni va natijada yalpi 
    talabni kamaytiradi. Ishlab chiqarish quvvatlaridan to’liq foydalanilganda tadbirkorlar 
    ko’proq mashina va uskunalar sotib olishga tayyor bo’ladi, demak investitsion sarflari 
    ko’payadi. 
    3.
    Davlat sarflari.
    Narxlarning mavjud darajasida, milliy mahsulotda davlat 
    xaridining ko’payishi yalpi talabning o’sishiga olib keladi. Bunga davlatning milliy 
    armiyani tuzish yoki uning sonini oshirish to’g’risidagi qarori misol bo’la oladi. 
    Davlat sarflarining kamayishi yalpi talabning qisqarishiga olib keladi. Masalan, yangi 
    avtomobil yo’li qurishga davlat sarflarining qisqarishi shunday natijaga olib keladi.
    4.
    Sof eksportdagi o’zgarish.
    Sof eksportning ko’payishi yalpi talabni ham 
    ko’paytiradi. Birinchidan, eksportning yuqori darajasi, chet ellarda milliy tovarlarga 
    bo’lgan talabni oshiradi. Ikkinchidan, importning qisqarishi milliy tovarlarga ichki 
    talabning ko’payishini taqozo qiladi. Sof eksport hajmining o’zgarishiga avvalo chet 
    davlatlar milliy daromadi va valyuta kurslarining o’zgarishi ta’sir ko’rsatadi. Chet 
    mamlakatlarda daromadlar darajasi oshganda, ularning fuqarolari ham milliy 
    tovarlarni, ham xorij tovarlarini ko’proq miqdorda sotib olish imkoniyatiga ega 
    bo’ladi. Chet ellarda milliy daromadning kamayishi esa sof eksport hajmini 
    qisqartiradi. 
    Valyuta kurslari. 
    Boshqa valyutalarga nisbatan milliy pul kursining o’zgarishi 
    sof eksportga va demak yalpi talabga ta’sir ko’rsatadi. Faraz qilaylik, ienaning 
    dollardagi narxi o’sdi. Bu dollarning ienaga nisbatan qadrsizlanganligi va iena kursi 
    ko’tarilganligini bildiradi. Dollar va iena o’rtasidagi yangi nisbat natijasida 
    yaponiyalik iste’molchilar ienaning ma’lum summasiga ko’proq dollar sotib olishi 
    mumkin. Demak, yaponiyalik iste’molchilar uchun amerika tovarlari yapon 
    tovarlariga qaraganda arzonroq bo’ladi. Shu bilan birga amerikalik iste’molchilar 
    dollarning ma’lum summasiga yapon tovarlarini nisbatan kamroq miqdorda sotib 
    olishi mumkin. Bunday holda AQSH eksportining o’sishi, importining esa kamayishi 
    holatini kutish mumkin. Sof eksportning ko’payishi o’z navbatida AQSH 
    iqtisodiyotida yalpi talabning ko’payishiga olib kelishini bildiradi. 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   306   307   308   309   310   311   312   313   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish