303
guvohlik beradi. Ishlab chiqarish hajmining kengayib borishi bilan qo’shimcha ishchi
kuchi ham ishga jalb qilinadi. Shu barcha sabablarga ko’ra mahsulot birligiga
qilinadigan xarajatlar ortadi, korxonalar ishlab chiqarishining rentabelli bo’lishi uchun
tovarlarga ancha yuqori narx belgilaydi. Shu sababli oraliq kesmada milliy mahsulot
real hajmining ko’payishi narxlarning o’sishi bilan birga boradi.
III.
Tik kesma
. U ba’zida «klassik» kesma deb ham atalib, iqtisodiyot o’zining
to’liq yoki tabiiy darajasiga erishganligini ko’rsatadi. Bunda iqtisodiyot ishlab
chiqarish imkoniyatining shunday nuqtasida (chizmadagi Y
t
nuqta) joylashadiki,
bunda qisqa muddatda ishlab chiqarish hajmini yanada kengaytirishga erishish
mumkin emas. Iqtisodiyot to’liq quvvat bilan ishlay boshlaganligi sababli narxning
to’xtovsiz oshib borishi ham ishlab chiqarish real hajmining ko’payishiga olib
kelmaydi. Qisqacha aytganda, bu kesma milliy ishlab chiqarish hajmi doimiy bo’lib
qolishi, narx darajasi esa o’zgarishi mumkinligini ko’rsatadi.
Yalpi taklif hajmiga ta’sir qiluvchi omillar. Ya
lpi taklifga narxdan tashqari bir
qator omillar ta’sir ko’rsatadi. Bu omillardan bir yoki bir nechtasining o’zgarishi yalpi
taklifning o’zgarishiga sabab bo’ladi. Yalpi taklifning narxdan tashqari bu omillari bitta
umumiy xususiyatga ega: agar ular o’zgarsa, mahsulot birligiga to’g’ri keluvchi ishlab
chiqarish xarajatlari ham o’zgaradi. Natijada yalpi taklif egri chizig’i joyini o’zgartiradi.