310
15.1-jadval
O’zbekistondagi yalpi talab va yalpi taklifning
o’lchamlari (2007 y., mlrd. so’m hisobida)
Yalpi
taklif
ko’rsatkichlari
Miqdori, mlrd.
so’m
Yalpi talab ko’rsatkichlari Miqdori, mlrd.
so’m
Mahsulot
ishlab
chiqarish hajmi
14431,3
Uy xo’jaliklari iste’mol
sarflari
12409,8
Ko’rsatilgan xizmatlar
hajmi
11077,2
Yalpi
xususiy
ichki
investitsiya sarflari
3852,1
Davlat sarflari
1627,6*
Sof eksport
3755,9
Yalpi taklif
25508,5
Yalpi talab
21645,4
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari.
*Davlat sarflarining boshqa yo’nalishlari to’g’risida ma’lumot bo’lmaganligi sababli
faqat davlat investitsiya sarflari hajmi keltirildi.
Jadvaldan ko’rinadiki, 2007 yilda mamlakatimizdagi yalpi taklif va yalpi talab
o’rtasidagi farq 3861,3 mlrd so’mni tashkil etmoqda. Biroq, bunday farqning hosil
bo’lishida davlat sarflari (investitsiya sarfidan tashqari) ning hisobga olinmaganligi
ham ta’sir ko’rsatgan.
Ta’kidlash lozimki, 2007 yilda aholining pul daromadlari 16872,7 mlrd. so’mni
tashkil etgani holda, uning faqat 12409,8 mlrd. so’migina (73,5%) talab shaklida
namoyon bo’lgan. Pul daromadlarining 4462,9 mlrd. so’mi esa jamg’armalarni
o’stirish, turli to’lov va badallar ko’rinishida sarflangan, ya’ni yalpi talabga
aylanmagan.
Hozirda jahonda ro’y berayotgan global iqtisodiy inqiroz ayni paytda ko’plab
mamlakatlar iqtisodiyotidagi yalpi talab va yalpi taklif o’rtasidagi muvozanatning
buzilishini ham ifodalaydi. Odatda, tashqi talab qisqarib borayotgan bir paytda, ushbu
muvozanatni tiklash maqsadida ichki talabni kuchaytirishga harakat qilinadi. Shunga
ko’ra, respublikamizning Inqirozga qarshi choralar dasturida ham mahalliy ishlab
chiqaruvchilarni qo’llab-quvvatlashda ularning mahsulotiga bo’lgan ichki talabni
rag’batlantirish tadbirlari alohida o’rin tutadi.
Respublikamizda belgilangan qulay shart-sharoitlar va imtiyozlar natijasida
Mahalliylashtirish dasturi doirasidagi ishlab chiqarish hajmi yildan-yilga oshib
bormoqda. Agar mazkur ko’rsatkich 2006 yilda 1635,1 mlrd. so’mni tashkil etgan
bo’lsa, 2008 yilga kelib 3096,7 mlrd. so’mga yetgan, ya’ni 1,9 marta o’sgan. 2009
yilda ushbu dastur doirasidagi loyihalar hajmini 3-4 barobar ko’paytirish
mo’ljallanmoqda
77
.
77
Qaralsin: Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va
choralari. – T.: O’zbеkiston, 2009, 35-b.
311
Mamlakatimizda mahalliy ishlab chiqaruvchilarni qo’llab-quvvatlash borasida
2009 yilga sanoat kooperatsiya negizida tayyor mahsulot, butlovchi qismlar va
materiallar ishlab chiqarishni mahalliylashtirish dasturi, O’zbekiston elektrotexnika
sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish va texnik qayta jihozlash dasturi,
«O’zbekcharmpoyabzali» assotsiatsiyasi korxonalarini modernizatsiya qilish va texnik
qayta jihozlash dasturi, O’zbekiston milliy avtomagistrali qurilishi dasturi va
boshqalar ishlab chiqilganligi diqqatga sazovordir.
|