|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti Pdf ko'rish
|
bet | 323/652 | Sana | 11.07.2024 | Hajmi | 8,58 Mb. | | #267370 |
Bog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASI
Asosiy tayanch tushunchalar:
Yalpi talab – barcha iste’molchilar, ya’ni aholi, korxonalar va davlat tomonidan
narxlarning muayyan darajasida turli tovarlar va xizmatlarni sotib olish mumkin
bo’lgan milliy iqtisodiyotdagi real pul daromadlari hajmi.
Yalpi taklif – mamlakatda narxlarning muayyan darajasida ishlab chiqarilgan va
sotishga tayyor bo’lgan barcha tovarlar va xizmatlar hajmi.
Xrapovik samarasi – yalpi talab oshganda narxning o’rtacha darajasi ko’tarilishi,
lekin talab kamayganda, qisqa davr ichida narx pasayish tamoyiliga ega bo’lmasligini
ifodalovchi ko’rsatkich.
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar:
1.
Yalpi talab va yalpi taklifni tahlil qilish nima uchun zarur?
2.
Yalpi talab nima? Nima uchun yalpi talab egri chizig’i o’zgaradi?
3.
Yalpi talabga qanday omillar ta’sir ko’rsatadi?
4.
Yalpi talab egri chizig’ining pasayuvchan shaklda bo’lishiga foiz stavkasi,
boylik va import tovarlar xaridi samaralarining ta’sirini tushuntirib bering.
5.
Yalpi taklif nima? YAlpi taklif egri chizig’idan uchta kesmani tasvirlang va
ular nimani ko’rsatishini tushuntiring?
6.
Yalpi taklifga qanday omillar ta’sir ko’rsatadi?
7.
Hozir sharoitda O’zbekistonda yalpi taklifning o’zgarishiga ko’proq qaysi
omillar ta’sir ko’rsatmoqda?
8.
O’zbekistonda yalpi taklif hajmini oshirishda davlat tomonidan qanday
choralar ko’rilmoqda?
9.
Huquqiy me’yorlarning o’zgarishi yalpi taklif hajmiga ta’sir ko’rsatishi
borasida Respublikamiz tajribasidan misollar keltiring.
10.
Nima sababdan xrapovik samarasi ro’y beradi? Bu samaraning real hayotda
amal qilishiga misollar keltiring.
11.
Yalpi talab va yalpi taklif muvozanatining ahamiyati nimada? Bunday
muvozanatga erishish yo’llarini izohlab bering.
|
| |