314
Nomoddiy ne’mat va xizmatlar iste’moli – ehtiyojlarni qondirishda
nomoddiy ko’rinishdagi ne’mat va xizmatlarning tegishli nafli xususiyatlaridan
foydalanish.
Bularga
bilim olish, musiqa tinglash, sog’liqni tiklash,
advokat
xizmatidan foydalanish va boshqalarni misol qilish mumkin.
Yakka tartibdagi yoki jamoa bo’lib iste’mol qilish ham farqlanadi.
Alohida
shaxsning o’z ixtiyorida bo’lgan ne’matlarni iste’mol qilishi yakka tartibdagi
iste’molga, jamiyat a’zolari turli guruhlarining ne’matlardan birgalikda
foydalanishi jamoa bo’lib iste’mol qilishga kiradi.
Masalan, ovqatlanish,
kiyinish,
badiiy asarlar o’qishni yakka tartibdagi iste’molni, jamoat transportidan foydalanish,
o’yingohlarda sport o’yinlarini
tomosha qilish, sihat maskanlarida sog’liqni tiklash
jamoa bo’lib iste’mol qilishni anglatadi.
Milliy daromadning jamiyat a’zolaring moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini
qondirishga sarflanuvchi qismi iste’mol fondi deb ataladi.
Iste’mol fondi butun
aholining shaxsiy iste’molini, aholiga ijtimoiy xizmat
qiladigan muassasalardagi,
shuningdek, ilmiy muassasalar va boshqarishdagi barcha sarflarni o’z ichiga oladi.
Iste’mol fondining shaxsiy daromad shaklida aholi qo’liga kelib tushadigan qismi
iste’mol sarflari maqsadida ishlatiladi.