aholi qo’lida qoladigan daromad iste’mol sarflari va shaxsiy jamg’arma yig’indisiga teng bo’ladi. Shaxsiy
iste’mol va shaxsiy jamg’armaning darajasi bevosita soliqlar to’langandan keyingi
qolgan daromad bilan aniqlanadi. Bu daromadni biz tahlil chog’ida
ixtiyoridagi yoki
sof daromad deb ataymiz.
Demak bu daromad iste’molning ham, jamg’armaning ham
umumiy omili hisoblanadi. Chunki jamg’arma daromadning iste’mol qilinmaydigan
qismi hisoblansa, soliqlar to’langandan keyingi daromad shaxsiy jamg’armani aniqlab
beradigan asosiy omil bo’lib chiqadi. Har yilgi haqiqiy iste’mol miqdori va soliqlar
to’langandan keyingi daromad o’rtasidagi farq shu yildagi jamg’arma miqdorini
aniqlaydi.
Iste’mol va jamg’arma hajmi hamda unga ta’sir ko’rsatuvchi omillar o’rtasidagi bog’liqlik iste’mol va jamg’arma funktsiyasi deyiladi. Bu
funktsiyalarni bayon etishda klassik iqtisodchilar va keynschilarning nuqtai nazarlari
farqlanadi. Klassik iqtisodchilarning fikriga ko’ra, kishilar o’z mablag’larini
qo’shimcha daromad keltirgan taqdirda jamg’armaga yo’naltirishga harakat qiladilar.
Shunga ko’ra, banklarning real foiz stavkasi qanchalik yuqori bo’lsa, ularning
jamg’armaga qiziqishlari shu qadar kuchli bo’ladi, ya’ni jamg’arma real foiz
stavkasining o’sib boruvchi funktsiyasi hisoblanadi. Aholi daromadlari iste’mol va
jamg’arma mablag’larining yig’indisidan iborat ekan, real foiz stavkasining o’sishi
bilan iste’mol pasayib, jamg’arma esa ko’payib boradi. Boshqacha aytganda, klassik
iqtisodchilar fikriga ko’ra iste’mol
real foiz stavkasining pasayib boruvchi funktsiyasi hisoblanadi.
316
J.M.Keyns klassik iqtisodchilarning bu fikrlariga qarshi chiqib, uy
xo’jaliklarining iste’mol sarflari real foiz stavkasiga u qadar bog’liq emasligini,
kishilar uchun hamma vaqt joriy iste’molning kelgusidagi iste’moldan afzalligini
ta’kidlaydi. U iste’mol sarflari darajasiga ta’sir ko’rsatuvchi asosiy omil sifatida uy
xo’jaliklarining joriy daromadlarini ko’rsatadi. Demak, Keyns fikriga ko’ra,