iste’mol –
uy xo’jaliklari joriy daromadlarining o’sib boruvchi funktsiyasi hisoblanadi:
)
(
Y f C
.
Iste’mol funktsiyasini grafik ko’rinishida ham tasvirlash mumkin (16.1-chizma).
Bunda tik o’qqa iste’mol sarflari, yotiq o’qqa esa aholi ixtiyoridagi daromad miqdori
joylashtiriladi.
16.1-chizma Iste’mol funktsiyasining grafikdagi tasviri F
C E
2
V C = C(Y)
E
0
C
0
E
1
0 Y
1
Y
Har ikkala o’q o’rtasidan 45
ostida o’tuvchi 0F to’g’ri chiziq iste’mol sarflari va
ixtiyordagi (sof) daromadning miqdoran tengligini ifodalaydi. 0Y o’qidagi har qanday
daromad miqdorini ifodalovchi ushbu chiziqda joylashgan nuqta 0C o’qning tegishli
miqdordagi iste’mol sarfiga teng bo’ladi. Boshqacha aytganda, uy xo’jaligi sof
daromadning barcha hajmini to’liq iste’molga sarflaydi. Biroq, bunday tenglik amalda
doimo ham ro’y beravermaydi. Iste’mol sarflari miqdori ba’zida joriy sof daromadlar
miqdoridan past bo’lishi, ba’zida esa oshib ketishi ham mumkin. Shuning uchun
iste’mol egri chizig’i
C sof daromad 0F chizig’iga mos tushmay, unga nisbatan
ma’lum darajada og’adi. Har ikkala chiziqning o’zaro kesishgan V nuqtasi
«0 darajadagi jamg’arma» ni anglatadi. Bu nuqtaning chap tomonida iste’mol sarflari
daromad miqdoridan yuqori bo’lib, bu
manfiy jamg’arma deb ataladi.
Shuni ham ta’kidlash lozimki, real hayotda iste’molning ma’lum qismi daromad
hajmiga bog’liq bo’lmaydi. Masalan, biron-bir shaxsning daromadi kutilmaganda juda
past darajaga tushib qolishi mumkin. Biroq, bu shaxs, daromadi bunga imkon
bermagan taqdirda ham, ma’lum darajada ovqatlanish, kiyinish va boshqa zarur
iste’mol xarajatlarini amalga oshirishga majbur. U mazkur sarflarni yo oldingi davrda
jamg’arilgan daromadlari hisobiga, yoki o’zgalardan qarz olish hisobiga qoplashi
317
mumkin. Iqtisodiy adabiyotlarda iste’mol sarflarining bu darajasi