315
Birinchidan,
daromadlarning qandaydir qismini jamg’armaga qo’yish oqibatida u
tovarlarda bo’lgan talabda o’z aksini topmaydi. Jamg’arma, yuqorida ta’kidlanganidek,
daromadlarning ma’lum bir qismini iste’mol qilishdan chegirib qo’yishni bildirib,
natijada iste’mol sarflari hajmi barcha ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlarni sotib
olish uchun yetarli bo’lmay qoladi. Aholi daromadining jamg’arilgan qismi o’zining
xususiy talabini vujudga keltirmaydi. Buning natijasida sotilmay qolgan tovarlarning
ko’payishi, ishlab chiqarishning qisqarishi, ishsizlik va daromadlarning pasayishi ro’y
berishi mumkin.
Ikkinchidan,
jamg’arma talabning yetishmasligiga olib kelmasligi ham mumkin,
chunki jamg’arilgan mablag’lar tadbirkorlar tomonidan investitsion maqsadlarda
ishlatiladi. Bu jamg’arma keltirib chiqaradigan iste’mol sarflaridagi har qanday
yetishmaslikni to’ldiradi.
Uchinchidan,
korxonalar ham o’zining barcha mahsulotini pirovard
iste’molchilarga sotishni ko’zda tutmaydi, balki uning bir qismidan o’z ishlab
chiqarishida foydalanishi mumkin. Shunday qilib, agar tadbirkorlar aholining
jamg’armalariga teng miqdordagi mablag’larni investitsiyalarga qo’yishni ko’zda
tutsa, ishlab chiqarish darajasi doimiy bo’lib qoladi.
Iste’mol va jamg’arma darajasini aniqlab beruvchi asosiy omil milliy
daromadning hajmi va uning o’zgarishi hisoblanadi. Uning yalpi ichki mahsulotdan
amortizatsiya ajratmalari hamda biznesga egri soliqlarni chegirib tashlash orqali
aniqlanishi 14-mavzuda aytilgan edi. Lekin milliy daromad tarkibida to’g’ri soliqlar
ham mavjud bo’ladi. Shu sababli soliqlar to’langandan keyin