319
Demak, sof daromadning o’sgan qismi ham yo iste’molga, yoki jamg’armaga
sarflanadi. Bu sarflangan qismlar o’rtasidagi nisbat o’zgargan
taqdirda ham ularning
umumiy yig’indisi 1ga teng bo’ladi, ya’ni:
.
0
,
1
Y
S
Y
C
Iqtisodiyotning
barqaror rivojlanishi, tadbirkorlik faoliyatining
samarali amalga
oshishida jamg’arish jarayonlarining ahamiyati beqiyosdir. Shunga ko’ra,
jamg’arishning
mohiyati, uning omillari va samaradorligi ko’rsatkichlarini
alohida
ko’rib chiqish maqsadga muvofiq hisoblanadi.
2. Jamg’arishning mohiyati, omillari va samaradorligi
Jamg’arish iqtisodiyotdagi yalpi sarflarning tarkibiy qismlaridan biri hisoblanib,
investitsion tavsifdagi tovarlarga talab darajasini belgilab beradi.
Investitsiyalar
jamg’arishning amalda namoyon bo’lish shakli bo’lganligi
sababli dastlab tahlilni
jamg’arishning mohiyati, omillari va samaradorligini nazariy
jihatdan asoslash bilan
boshlaymiz.