O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet339/652
Sana11.07.2024
Hajmi8,58 Mb.
#267370
1   ...   335   336   337   338   339   340   341   342   ...   652
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI

16.4-jadval
O’zbekiston Respublikasida asosiy kapitalga investitsiyalar dinamikasi 
to’g’risida ma’lumot 
Yillar 
Joriy narxlarda, mlrd so’m. 
O’tgan yilga nisbatan o’sish (foizda) 
2000 
744,5 
101,0 
2001 
1320,9 
104,0 
2002 
1442,4 
103,8 
2003 
1899,2 
104,5 
2004 
2473,2 
105,2 
2005 
3012,9 
107,0 
2006 
3838,3 
109,1 
2007 
5479,7 
122,9 
2008 
8483,7 
128,3 
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari 
Bu sohada o’tgan davr mobaynida ko’zga tashlanuvchi o’ta muhim jihat –
respublikamizda investitsiya faolligining sezilarli darajada oshganligidir. Ayniqsa, 
mamlakatimizdagi investitsiya muhitini yaxshilash va xorijiy sarmoyalarni jalb etish 
jarayonlariga bozor islohotlarini chuqurlashtirish, iqtisodiyotni erkinlashtirish va mulk 
huquqini himoya qilishni mustahkamlash chora-tadbirlarining ta’siri ahamiyatli bo’ldi.
Ma’lumki, mamlakatimizda 2006 yilda faoliyati iqtisodiyotdagi tarkibiy 
o’zgarishlarni, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish loyihalarni amalga oshirish, 
ishlab chiqarish infratuzilmasini shakllantirish va rivojlantirishga yo’naltirilgan, 1 
milliard AQSH doll. hajmidagi Nizom jamg’armasiga ega bo’lgan O’zbekiston 
Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot fondi tashkil etilgan edi. O’zining respublikadagi 


328 
investitsion jarayonlarni qo’llab-quvvatlash faoliyatini amalga oshirish mobaynida 
mazkur fond 2009 yil boshiga o’z mablag’lari hajmini 3,2 milliard doll.dan ortiq 
bo’lishiga erishib, yaqin istiqbolda 5 milliard doll.ga etkazish ko’zda tutilmoqda. 
O’tgan ikki yil mobaynida o’nlab yirik sanoat va infratuzilma inshootlarini 
moliyalashtirish va hamkorlikda moliyalashtirish uchun Fond tomonidan 550 million 
AQSH dollaridan ziyod miqdorda kreditlar ajratildi.
Mamlakatimiz bo’yicha investitsiya dasturlarini amalga oshirish natijasida qariyb 
250 milliard so’mlik asosiy fondga ega bo’lgan jami 423 ta ob’ekt, jumladan, oziq-
ovqat sanoatida 145 ta, qurilish materiallari sanoatida 118 ta, engil va to’qimachilik 
sanoatida 65 ta, qishloq va o’rmon xo’jaligi sohasida 58 ta, kimyo va neft-kimyo 
sanoatida 13 ta, farmatsevtika tarmog’ida 8 ta ob’ekt ishga tushirildi.
2008 yilda ishga tushirilgan va hozirgi kunda qurilayotgan yirik ishlab chiqarish 
inshootlari qatorida Farg’ona vodiysini elektr energiyasi bilan muntazam ta’minlash 
imkonini beradigan, uzunligi 165 kilometrlik YAngi Angren issiqlik elektr stantsiyasi 
– «O’zbekiston» yuqori kuchlanishli elektr uzatish liniyasi barpo etilganini alohida 
ta’kidlash joiz. Sirdaryo issiqlik elektr stantsiyasini «So’g’diyona» kuchlantirish 
stantsiyasi bilan bog’laydigan, G’uzor-Surxon yuqori kuchlanishli elektr uzatish 
liniyalari va Toshkent shahri elektr ta’minoti ob’ektlari loyihalarini amalga oshirish 
ishlari davom ettirilmoqda. Shuningdek, 2008 yili 2 ming 600 kilometrdan ortiq 
ichimlik suvi hamda 825 kilometrdan ziyod tabiiy gaz tarmoqlari foydalanishga 
topshirildi
79
.
Bugungi kunda O’zbekistonda investitsion faoliyatni ta’minlashning zarur shart-
sharoitlari sifatida quyidagilarni ko’rsatish mumkin: 
- mamlakatimizdagi investitsiya muhiti va imkoniyatlari to’g’risidagi 
ma’lumotlarni xalqaro maydonda keng targ’ib etish; 
- mamlakatimizdagi bozor axboroti xizmatini rivojlantirish, marketing xizmati 
faoliyatini va tashqi iqtisodiy qonunchilikni faollashtirish; 

yirik xorijiy banklarning filiallarini, xalqaro kompaniya va korporatsiyalar 
vakolatxonalarini ochish uchun yetarli sharoitlar yaratish


infratuzilma sohasidagi (yo’llar, transport, aloqa) qo’shma investitsiyalarni 
amalga oshirishni faollashtirish; 
- xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlik strategiyasini, ayniqsa dengiz yo’llariga 
chiqib olish va shu orqali eksport-import yuk tashuvlarini amalga oshirishga 
yo’naltirilgan, o’zaro foydali kooperatsiya aloqalarini yo’lga qo’yish va boshqalar.
 

Download 8,58 Mb.
1   ...   335   336   337   338   339   340   341   342   ...   652




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish