329
1.
Milliy iqtisodiyotda YaIMning asosiy qismi yangidan vujudga keltirilgan
mahsulot, uning sotilgandan keyingi puldagi ifodasi milliy daromad iste’mol va
jamg’arma maqsadlarida sarflanadi.
2.
Keng ma’noda iste’mol jamiyat iqtisodiy ehtiyojlarini qondirish jarayonida
ishlab chiqarilgan tovar va xizmatlardan
foydalanishni bildirib, unumli va shaxsiy
iste’molga ajraladi.
3.
Jamg’arma – bu aholi, korxona (firma) va davlat
joriy daromadlarining
kelajakdagi ehtiyojlarini qondirish va foizli daromad olish maqsadlarida to’planib
borishi. Uning hajmi uy xo’jaliklari daromadidan iste’mol sarflarini ayirib tashlash
yo’li bilan aniqlanadi.
4.
Iste’mol va jamg’arma hajmi hamda unga ta’sir ko’rsatuvchi omilar
o’rtasidagi bog’liqlik iste’mol va jamg’arma funktsiyasi deyiladi.
Bu funktsiyalarni
bayon etishda klassik iqtisodchilar va keynschilarning nuqtai nazarlari farqlanadi.
Klassik iqtisodchilarning fikriga ko’ra, jamg’arma banklarning real foiz stavkasi
qanchalik yuqori bo’lsa, ularning qiziqishlari shu qadar kuchli bo’ladi. J.M.Keyns
klassik iqtisodchilarning bu fikrlariga qarshi chiqib, uy xo’jaliklarining iste’mol
sarflari real foiz stavkasiga u qadar bog’liq
emasligini, kishilar uchun hamma vaqt
joriy iste’molning kelgusidagi iste’moldan afzalligini ta’kidlaydi. U iste’mol sarflari
darajasiga ta’sir ko’rsatuvchi asosiy omil sifatida uy xo’jaliklarining
joriy
daromadlarini ko’rsatadi.
5.
Iste’molchilarning daromadlari qanchalik o’sib borgan sari ularning
jamg’arishga bo’lgan moyilliklari shunchalik oshib boradi.
6.
Amalda jamg’arish kapital mablag’lar yoki investitsion sarflar shaklida
yuzaga chiqib, u yangi
asosiy kapitalni hosil qilish, ishlab turganlarini kengaytirish,
rekonstruktsiyalash va yangilashga qilinadigan xarajatlarni ifodalaydi.
7.
Jamg’arish summasi milliy daromadning bir qismini tashkil etadi va shu
sababli milliy daromad hajmi ko’payishini belgilaydigan omillar, jamg’arish miqdorini
ham belgilab beradi. Bu omillardan asosiysi qo’llaniladigan
resurslar massasi va
ularning unumdorligidir.
8.
Investitsiyalar – asosiy va aylanma kapitalni ko’paytirishga, ishlab chiqarish
quvvatlarini kengaytirishga pul shaklidagi qo’yilmadir. U pul mablag’lari, bank
kreditlari, aktsiya va boshqa qimmatli qog’ozlar ko’rinishida amalga oshiriladi. Pul
mablag’lari ko’rinishidagi investitsiya nominal investitsiya, ana shu pul mablag’lariga
sotib olish mumkin bo’lgan investitsion resurslar real investitsiya deyiladi.
9.
Investitsiyalarga sarflar darajasini ikkita asosiy omil belgilab beradi: 1)
investitsiya sarflaridan kutilayotgan foyda normasi; 2) foiz stavkasi.