338
bazasini yangilash hamda uning asosida raqobatbardosh mahsulotlarni yaratish qisqa
davrda ushbu sarf-xarajatlarni qoplash imkonini beradi;
2) yuqori darajada qo’shilgan qiymatga ega bo’lgan mahsulotlarni eksportga
chiqarishning qo’shimcha imkoniyatlari vujudga keladi;
3) texnik va texnologik asosni yangilashda vaqt jihatidan yutish imkoni paydo
bo’ladi;
4) investitsiyalar ichki talabni kengaytirib, qurilish sanoatining rivojlanishini
rag’batlantiradi;
5) ishlab chiqarilayotgan mahsulot nomenklaturasi diversifikatsiyalanadi.
Shunga ko’ra, mamlakatimizda ishlab chiqarishni modernizatsiyalash, texnik va
texnologik qayta qurollantirish bo’yicha 2009-2014 yillarga mo’ljallangan muhim
loyihalarni amalga oshirish yuzasidan choralar dasturi ishlab chiqildi. Unda umumiy
qiymati 42,5 mlrd. doll. hajmida 852 ta loyiha, shu jumladan 2009 yilda umumiy
qiymati 24,4 mlrd. doll. hajmidagi 590 ta loyihani amalga oshirish ko’zda tutilgan.
Ushbu loyihalarni amalga oshirishning asosiy maqsadlari bo’lib quyidagilar
hisoblanadi:
- yuqori qo’shilgan qiymatga ega bo’lgan yuqori texnologik mahsulotlarni ishlab
chiqaruvchi tarmoqlar ulushini oshirish orqali iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini
takomillashtirish;
- resurslar tejamkorligini ta’minlovchi, samarali iqtisodiyotni shakllantirish;
- iqtisodiyotning ustuvor yetakchi tarmoqlarini jadal rivojlantirish;
- mahalliy xomashyo va materiallarni yanada chuqurroq qayta ishlash hamda
butlovchi mahsulotlarni yaratishga asoslangan mahalliy ishlab chiqarishni
rivojlantirish;
- energiya resurslaridan samarali va oqilona foydalanish;
- mahalliy raqobatbardosh mahsulotlarning tashqi bozorlardagi mavqeini
mustahkamlash
83
.
Bundan
ko’rinadiki,
jahon
moliyaviy-iqtisodiy
inqirozi
sharoitida
mamlakatimizda barqaror va yuqori o’sish sur’atlarini ta’minlashga yo’naltirilgan
omillardan foydalanishga katta ahamiyat qaratilmoqda.