334
tovarlari
Chizmadan ko’rinadiki, iqtisodiy o’sish natijasida ishlab chiqarilgan ijtimoiy
mahsulot miqdori ortadi, bu esa aholi turmush farovonligini oshishiga olib keladi.
Iqtisodiyot mavjud ehtiyojlarni yanada to’laroq qondirish imkoniga ega bo’ladi.
Iqtisodiy o’sishning ahamiyati to’g’risida gapirilganda uning darajasini ham
e’tiborda tutish lozim. Iqtisodiy o’sish sur’atlarining ahamiyatlilik darajasi turli
mamlakatlar real YaIMning hajmidan kelib chiqqan holda farqlanadi. Real YaIM
hajmi nisbatan kichik bo’lgan mamlakatlar uchun 8-10% darajasidagi iqtisodiy o’sish
sur’ati me’yordagi holat sanalishi, real YaIM hajmi juda katta bo’lgan mamlakatlar
uchun 2-3% darajasidagi iqtisodiy o’sish sur’ati esa ahamiyatli ko’rsatkich
hisoblanishi mumkin.
Iqtisodiy o’sish sur’atining ahamiyatini iqtisodchilar tomonidan qo’llaniluvchi
«70 miqdori qoidasi»
yordamida ham ochib berish mumkin. Bu qoidaga ko’ra, milliy
iqtisodiyotda ishlab chiqarilayotgan YAIM hajmini 2 baravarga oshirishda qancha
vaqt talab etilishini aniqlash uchun 70 sonini yillik o’sish sur’atiga bo’lish kerak
bo’ladi. Masalan, mamlakatimizdagi o’sish sur’atining 9% darajasida YAIMni 2
baravar oshirish uchun 7,7 yil talab etiladi (70:9). Xolbuki, iqtisodiy o’sishning 2000
yildagi 4,0% darajasida bu ko’rsatkichga 17,5 yilda (70:4) erishish mumkin edi.
Keyingi yillarda iqtisodiy o’sish sur’atining yanada oshirilishi bu muddatning
ahamiyatli ravishda qisqarishiga olib keladi.
Ijtimoiy mahsulotning o’sish sur’ati bilan ishlab chiqarish omillari miqdorining
o’zgarishi o’rtasidagi nisbat iqtisodiy o’sishning ekstensiv yoki intensiv turlarini
belgilab beradi.