• Iqtisodiy o’sishning intensiv turi sharoitida mahsulot chiqarish miqyoslarini kengaytirishga ishlab chiqarish omillarini sifat jihatidan takomillashtirish, yanada
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet345/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   341   342   343   344   345   346   347   348   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    Ekstensiv iqtisodiy o’sishga
    ishlab chiqarishning avvalgi texnikaviy asosi 
    saqlanib qolgan holda ishlab chiqarish omillari miqdorining ko’payishi tufayli 
    erishiladi. 
    Aytaylik, mahsulot ishlab chiqarishni ikki hissa ko’paytirish uchun ishlab 
    chiqarish omillari miqdori ikki barobar ko’paytirilishi lozim, sodda qilib aytganda 
    mavjud korxonalar bilan bir qatorda o’rnatilgan uskunalarning quvvati, miqdori va 
    sifati, ishchi kuchining soni va malaka tarkibi bo’yicha xuddi o’shanday yana 
    korxonalar qurilishi lozim. Ekstensiv rivojlanishda, agar u sof holda amalga oshirilsa, 
    ishlab chiqarish samaradorligi o’zgarmay qoladi. 
    Iqtisodiy o’sishning intensiv turi
    sharoitida mahsulot chiqarish miqyoslarini 
    kengaytirishga ishlab chiqarish omillarini sifat jihatidan takomillashtirish, yanada 
    ilg’or ishlab chiqarish vositalarini va yangi texnikani qo’llash, ishchi kuchi 
    malakasini oshirish, shuningdek mavjud ishlab chiqarish potentsialidan yaxshiroq 
    foydalanish yo’li bilan erishiladi.
    Intensiv yo’l ishlab chiqarishga jalb etilgan 
    resurslarning har bir birligidan olinadigan samaraning, pirovard mahsulot miqdorining 
    o’sishida, mahsulot sifatining oshishida o’z ifodasini topadi.
    Real hayotda ekstensiv va intensiv omillar sof holda, alohida-alohida mavjud 
    bo’lmaydi, balki muayyan uyg’unlikda, bir-biri bilan qo’shilgan tarzda bo’ladi. Shu 
    sababli ko’proq ustuvor ekstensiv va ustuvor intensiv iqtisodiy o’sish turlari haqida so’z 
    yuritiladi. 


    335 
    Iqtisodiy o’sishning alohida tomonlarini tavsiflovchi ko’rsatkichlari ham mavjud 
    bo’lib, ulardan asosiylari ishlab chiqaruvchi kuchlar rivojlanish darajasi, mehnat 
    unumdorligining o’sishi va ish vaqtini tejash, shaxsiy daromad va foyda massasi, 
    milliy iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi kabilar hisoblanadi. 
    Ishlab chiqaruvchi kuchlar darajasi quyidagi ko’rsatkichlar bilan tavsiflanadi: 
    a) ishlab chiqarish vositalarining rivojlanganlik darajasi; 
    b) xodimning malakasi va tayyorgarlik darajasi; 
    d) ishlab chiqarishning moddiy va shaxsiy omili o’rtasidagi nisbat; 
    e) mehnat taqsimoti, ishlab chiqarishning tashkil etilishi, ixtisoslashtirilishi va 
    kooperatsiyasi. 
    Iqtisodiy o’sishning jahon amaliyotida keng qo’llaniladigan boshqa ko’rsatkichi 
    iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi hisoblanadi. U tarmoqlar bo’yicha hisoblab chiqilgan 
    YaIM ko’rsatkichi asosida tahlil qilinadi. Bunda iqtisodiyotning yirik sohalari, moddiy 
    va nomoddiy ishlab chiqarish tarmoqlari o’rtasidagi nisbat ham o’rganiladi. 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   341   342   343   344   345   346   347   348   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish