Milliy boylik tushunchasi va uning tarkibiy tuzilishi




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet353/652
Sana11.07.2024
Hajmi8,58 Mb.
#267370
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   652
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI

 
4. Milliy boylik tushunchasi va uning tarkibiy tuzilishi 
 
Milliy boylik insoniyat jamiyati taraqqiyoti davomida ajdodlar tomonidan 
yaratilgan va avlodlar tomonidan jamg’arilgan moddiy, nomoddiy va intellektual 
hamda tabiiy boyliklardan iboratdir. 
Milliy boylikni shartli ravishda quyidagi uchta yirik tarkibiy qismlarga ajratish 
mumkin: 
1. Moddiy-buyumlashgan boylik. 
2. Nomoddiy boylik. 
3. Tabiiy boylik. 
Moddiy-buyumlashgan boylik oxir-oqibatda ishlab chiqarishning, unumli 
mehnatning natijasi hisoblanadi. U ishlab chiqarish yaratilganda mahsulotlarning joriy 
iste’mol qilishdan ortiqcha qismini jamg’arish oqibatida vujudga keladi va o’sib 
boradi. 
Ammo moddiy-buyumlashgan boylikni qator yillardagi yillik yalpi mahsulotlar 
yig’indisi sifatida tasavvur qilish noto’g’ri bo’lar edi. Chunki bu boylikning bir qismi 
har yili ishdan chiqarib, qaytadan yangilanib turadi (ishlab chiqarish vositalari, 
iste’mol buyumlari). Shu sababli ishlab chiqarish vositalarining o’rnini qoplash bilan 
bir vaqtda yalpi ichki mahsulotning faqat bir qismi moddiy-buyumlashgan boylik 


345 
sifatida jamg’arilib boriladi. Demak, qoplash fondi va moddiy buyumlashgan 
boylikning o’sishi yalpi ichki mahsulot hisobiga amalga oshiriladi. 
Milliy boylikning inson mehnati bilan yaratilgan moddiy qismi qiymat shakliga 
ega bo’lib, tarkibiy tuzilishi bo’yicha qo’yidagilarni o’z ichiga oladi: 
- ishlab chiqarish xususiyatidagi asosiy kapital (fondlar); 
- noishlab chiqarish xususiyatidagi asosiy kapital (fondlar); 
- aylanma kapital (fondlar); 
- tugallanmagan ishlab chiqarishning moddiy-buyumlashgan qismi; 
- moddiy zahiralar va ehtiyojlar;
- aholining uy xo’jaligida jamg’arilgan mol-mulk.
Moddiy-buyumlashgan boylik o’sishining asosiy omillari sifatida quyidagilarni 
ajratib ko’rsatish mumkin: 
-
mehnat unumdorligining o’sishi; 
-
ishlab chiqarish samaradorligining ortishi; 
-
milliy daromadda jamg’arish normasining ortishi. 
Moddiy-buyumlashgan boylik ishlab chiqarishning natijasi va shart-sharoiti 
hisoblanadi. Buning ma’nosi shuki, bir tomondan mahsulotdan milliy boylik tomon 
harakatda boylikning iste’mol qilingan qismining qoplanishi va uning ko’payishi ro’y 
beradi. Boshqa tomondan milliy boylik ishlab chiqarishning moddiy shart-sharoiti, 
uning moddiy-texnikaviy asosi hisoblanadi. Bunda ishlab chiqarishning o’sish sur’ati va 
miqyosi milliy boylikdan foydalanish xususiyatiga bog’liq bo’ladi. 
Milliy boylikning boshqa qismi tabiiy boyliklar ishlab chiqarishning omili bo’lib 
ishtirok etadi, uning shart-sharoitini va inson faoliyatining tashqi muhitini tashkil 
qiladi. Tabiiy boylikning asosi tabiat mahsuli bo’lib, uning vujudga kelishi tabiat 
qonunlari asosida ro’y bersada, ulardan foydalanish jamiyat rivojiga ham bog’liq 
bo’ladi. Foydali qazilma boyliklar, o’rmonlar, suv va yer resurslari tabiatan mavjud 
bo’lsada, ishlab chiqarishda faol qatnashadi. 
Tabiat in’omlari o’zlarining dastlabki ko’rinishida tabiiy boylik bo’lib, shu 
holatida inson faoliyatining natijasi hisoblangan ijtimoiy boylik tarkibiga kirmaydi. 
Buning ma’nosi shuki, tabiiy boyliklar jamiyat uchun faqatgina potentsial boylik 
hisoblanadi. Ular inson mehnatining ta’siri oqibatida real boylikka aylanadi. 
Milliy boylik nafaqat moddiy ishlab chiqarish sohalarida yaratiladi. Uning bir 
qismi nomoddiy ishlab chiqarish sohalarida vujudga keltiriladi va jamiyatning 
nomoddiy boyligi hisoblanadi. Nomoddiy sohalarda ashyoviy-buyum shakl bilan 
bog’liq bo’lmagan alohida turdagi iste’mol qiymatlar hosil qilinadi. Ular ham moddiy 
ishlab chiqarish sohalarining faoliyat qilishi va rivojlanishi uchun, shuningdek 
bevosita aholining turmush darajasini ta’minlash va oshirib borish uchun zarur bo’ladi. 
Bunday boyliklarga ta’lim, sog’likni saqlash, fan, madaniyat, san’at, sport sohalarida 
vujudga keltiriladigan nomoddiy qimmatliklar kiradi. Uning tarkibida tarixiy 
yodgorliklar, arxitektura obidalari, noyob adabiyot va san’at asarlari alohida o’rin 
tutadi. 
Jamiyatning nomoddiy boyliklarida madaniyat va san’atning rivojlanish darajasi, 
jamiyat a’zolarining to’plagan ilmiy bilimlari va intellektual darajasi, ishlovchilarning 


346 
ixtisosligi va malakaviy bilim darajasi, sog’liqni saqlash, ta’lim va sportning rivojlanish 
darajasi o’z ifodasini topadi. 
Shunday qilib, milliy boylik moddiy buyumlashgan va tabiiy boyliklardan ancha 
keng tushuncha bo’lib, o’z tarkibiga jamiyatning nomoddiy tavsifdagi qimmatliklarini 
ham oladi. 

Download 8,58 Mb.
1   ...   349   350   351   352   353   354   355   356   ...   652




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



 Milliy boylik tushunchasi va uning tarkibiy tuzilishi

Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish