352
To’rtinchidan, iqtisodiyotda muvozanatning umumiy shart-sharoitlari bo’lib bozor
muvozanati, ya’ni barcha asosiy bozorlar (tovarlar, resurslar, ishchi kuchi va hokazolar)da
talab va taklif muvozanatga erishishi xizmat qiladi.
Iqtisodiy muvozanat erkin raqobat bozorida barcha xaridorlar tengligi, iqtisodiy
vaziyat barqarorligi kabi qator shart-sharoitlarni ham taqozo qiladi.
Real hayotda iqtisodiyot doimiy harakatda va to’xtovsiz rivojlanish holatida
bo’ladi. Iqtisodiy sikl fazalarida, bozor kon’yunkturasi, bozor sub’ektlari daromadlari
va talabi tarkibida o’zgarishlar ro’y berib turadi.
Bularning hammasi muvozanat holatini turg’un iqtisodiyotdagi shartli umumiy
muvozanat sifatida qarab chiqishni taqozo qiladi.
Shunday qilib, makrodarajada umumiy iqtisodiy muvozanat – bu mamlakat butun
iqtisodiyotining muvofiqligidir. Bu barcha sohalar, tarmoqlar, xo’jaliklarning me’yorida
rivojlanishini ta’minlaydigan iqtisodiy faoliyatning barcha qatnashchilari hamda barcha
bozordagi o’zaro bog’liq va bir-birini taqozo qiladigan muvozanatlar tizimini o’z ichiga
oladi.
Iqtisod fanlari doktori O.Hamroev iqtisodiy muvozanatning mazmuni va uning
tarkibiy tuzilishini o’rganishga tizimli yondashib, ularni quyidagi chizma ko’rinishida
ifodalaydi (18.1-chizma)
85
.
Iqtisodiy muvozanat darajasini aniqlashda asosan ikkita o’zaro bog’liq usuldan
foydalaniladi:
1) yalpi sarflar va ishlab chiqarish hajmini taqqoslash usuli;
2) jamg’arma va investitsiyalarni taqqoslash usuli.