356
jamg’armaga nisbatan moyillikning yuqori darajasi muqarrar ravishda iqtisodiyotning
yuksalishiga olib keladi.
Keynscha nazariya esa
klassik talqinga qarshi chiqib, iqtisodiy jihatdan
rivojlangan mamlakatlarda bu jarayon o’zgacha kechishi ta’kidlanadi. Chunki,
rivojlangan mamlakatlarda jamg’armaga bo’lgan intilish investitsiyalashga bo’lgan
intilishdan jadalroq borib, u quyidagi sabablar bilan izohlanadi:
Birinchidan, yuqori foyda keltiruvchi kapital qo’yilmalarning muqobil
imkoniyatlari qisqarib boradi. Natijada kapital jamg’arishning o’sishi bilan uning amal
qilishining keyingi qo’shilgan samaradorligi pasayib boradi.
Ikkinchidan, rivojlangan mamlakatlarda daromadlarning o’sishi bilan
jamg’armaning ulushi oshib boradi. Shunga ko’ra, jamg’arma hajmi investitsiya
sarflari hajmidan oshib ketsa, jamg’arma egalari
muvaffaqiyatsizlikka duchor
bo’ladilar. Bu holatni iqtisodiy adabiyotlarda «tejamkorlik paradoksi» tushunchasi
orqali izohlanadi.
Bu paradoksning mohiyati shundan iboratki, investitsiyalar
nazariy jihatdan
avtonom va hosilaviy investitsiyalarga ajratilib, avtonom investitsiyalar milliy
daromad hajmi va uning o’zgarishiga bog’liq bo’lmasa, hosilaviy investitsiyalar milliy
daromadning o’zgarishiga ham bog’liq bo’ladi. Aynan
avtonom investitsiyalarga
qo’shimcha ravishda o’sib boruvchi hosilaviy investitsiyalar iqtisodiy o’sishni
kuchaytirishi, uni jadallashtirishi natijasida