357
18.4-chizma
«Tejamkorlik paradoksi»ning chizmadagi ifodasi
S,I F
S
1
S
E
1
E I
E
0
0
N
1
N
Milliy daromad
Chizmaning yotiq o’qida milliy daromad, tik o’qida esa jamg’arma va
investitsiyalar hajmi joylashtirilgan bo’lib, F chizig’i iqtisodiyotdagi to’la bandlik
sharoitida milliy daromad hajmini ifodalaydi.
E’tibor berilsa, chizmadagi investitsiya sarflari chizig’i yotiq o’qqa parallel emas,
balki o’sib boruvchi ko’rinishda namoyon bo’lmoqda. Bu esa, avtonom
investitsiyalardan farqli o’laroq, hosilaviy investitsiyalarning milliy daromad hajmiga
bog’liqligini ko’rsatadi.
Chizmadan ko’rinadiki, iqtisodiyotdagi jamg’arma hajmi S dan S
1
ga qadar
o’smoqda. Natijada jamg’armaning investitsiya bilan muvozanat nuqtasi ye dan ye
1
ga
ko’chdi. Biroq, bu o’sish E nuqtadagi milliy daromad hajmi 0N ning ye
1
nuqtadagi
0N
1
hajmiga qadar qisqarishiga olib keldi. Tegishli ravishda investitsiya hajmi ham EN
darajadan E
1
N
1
darajaga qadar qisqardi. ye
1
E
0
E nuqtalarini tutashtirish natijasida hosil
bo’luvchi uchburchak yuzasi jamg’arma hajmining o’sishi natijasida investitsiya
imkoniyatlarining qisqarishini, EE
0
kesma esa investitsiyalarning qisqarishini
ko’rsatadi. Aynan shu holat, ya’ni jamg’armalarning o’sishi natijasida
investitsiyalarning qisqarishi «tejamkorlik paradoksi» mohiyatini namoyon etadi.
Iqtisodiy muvozanatlik darajasini aniqlashda yalpi sarflar va ishlab chiqarish
hajmini taqqoslash, jamg’arma va investitsiyalarni taqqoslash usullaridan tashqari
balans usuli, xarajat va natijalarni taqqoslash usulidan ham foydalaniladi.
Balans usulida tarmoqlararo balans, moddiy, moliyaviy va ishchi kuchi
balanslaridan foydalanilib iqtisodiyotning turli tomonlari o’rtasidagi muvozanatlik
darajasiga baho beriladi.
«Xarajat va natija»larni taqqoslash usulida ishlab chiqarishga qilingan iqtisodiy
resurs xarajatlari miqdori bilan olingan mahsulot hajmini taqqoslash orqali muvozanat
darajasi tahlil qilinadi.