• 5. Davlatlararo mutanosibliklar.
  • Hududiy (territorial) mutanosibliklar




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet368/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   364   365   366   367   368   369   370   371   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    4. Hududiy (territorial) mutanosibliklar.
    Iqtisodiy rivojlanish mamlakat ayrim 
    hududlari o’rtasidagi bog’liqlikni ham taqozo qiladi. YUzaki qaraganda hududlar 
    o’rtasidagi mutanosibliklarning mamlakat iqtisodiy rivojidagi roli to’liq namoyon 
    bo’lmaydi. Lekin alohida hududiy bo’linmalar (viloyat, tuman, shahar va boshqa 
    hududiy birliklar)ning bir-biriga iqtisodiy va tashkiliy jihatdan bog’liqligi, 
    ixtisoslashish, ishlab chiqarish kooperatsiyasi va kommunikatsiya nuqtai-nazaridan 
    qaralsa, bu bog’liqlikning ahamiyati yaqqol ko’rinadi. 
    5. Davlatlararo mutanosibliklar.
    Bu mutanosiblikni ikki holat taqozo qiladi. 
    Birinchidan, dunyoning ko’pchilik mamlakatlari xalqaro mehnat taqsimoti orqali bir-
    biri bilan bog’langan, ikkinchidan, shu bog’liqlik orqali milliy ishlab chiqarishning bir 
    qismi chet elliklar tomonidan xarid qilinadi yoki milliy ishlab chiqaruvchilar o’z 
    iste’molining bir qismini chetdan keltirilgan mahsulotlar hisobiga qondiradi. Bu 
    bog’liqlik qanchalik katta bo’lsa, sof eksport hajmi orqali makroiqtisodiy 
    muvozanatlikka shunchalik kuchli ta’sir ko’rsatadi. 
    Qarab chiqilgan mutanosibliklarga erishish orqali milliy ishlab chiqarishning 
    muvozanatli rivojini ta’minlab borishdan quyidagilar ko’zda tutiladi: 
    -
    mamlakatda mavjud bo’lgan iqtisodiy resurslardan samarali foydalangan holda 
    jamiyatning ehtiyojlarini to’laroq qondirib borish; 
    -
    to’la bandlilikka erishish, ya’ni mehnat qilishga layoqatli bo’lgan va ishlashni 
    xohlaganlarni to’liq va samarali ish bilan ta’minlash; 
    -
    narx-navoning nisbiy barqarorligiga erishish va uni inflyatsiya ta’siridan xoli 
    qilish; 
    -
    iqtisodiyotning bir maromda o’sib borishini yetarli darajada investitsiya bilan 
    ta’minlash va muomaladagi pul massasiga bog’lab borish; 
    -
    eksport va importni muvofiqlashtirish asosida tashqi savdo balansining 
    faolligiga erishish. 


    360 
    Bu maqsadlar faqatgina ularga intilish bo’lib, bunga erishish doimiy ekanligini 
    bildirmaydi. Chunki doimiy ravishda mutlaq muvozanatga erishish qiyin, chunki ular 
    buzilib va qaytadan tiklanib turishi orqali iqtisodiy o’sish notekis boradi. 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   364   365   366   367   368   369   370   371   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish