3. O’zbekistonda iqtisodiyotni tarkibiy o’zgartirish, divertsifikatsiyalash va
modernizatsiyalash asosida mutanosibli rivojlantirilishi
Mavjud iqtisodiy tizimni butunlay yangi tartiblar asosida isloh qilish
iqtisodiyotning rivojlanishidagi turli nomutanosibliklar hamda tanglik holatlarini
keltirib chiqarishi mumkin. Shu sababli bozor iqtisodiyotiga o’tish yo’lida
iqtisodiyotni jonlantirish, bir tekis rivojlantirish va barqarorlashtirish jarayoni qonuniy
bosqich hisoblanadi. Barqarorlashtirish jarayoni iqtisodiy rivojlanishda inqiroz
holatlarining oldini olish uchun ishlab chiqarish va chiqarilayotgan mahsulot tarkibini
o’zgartirishga yo’naltiriladi. Respublikada iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning
dastlabki davrida barqarorlashtirish siyosatidan ko’zda tutilgan maqsad eng avvalo,
makroiqtisodiyotda muvozanatni saqlash, ishlab chiqarishni keskin darajada
pasayishining oldini olish va ommaviy ishsizlikning kelib chiqishiga yo’l
qo’ymaslikdan iborat bo’ldi. Shu bilan birga bu siyosat pul emissiyasini boshqarish,
uning qadrsizlanishining oldini olish, mamlakat to’lov balansini bir me’yorda saqlash
kabi maqsadlarni ham o’z ichiga oladi.
Respublikada barqarorlashtirish siyosatini ishlab chiqishda jahon tajribasida
sinalgan yondashuvlar hisobga olinib, ishlab chiqarish sohalariga ustunlik berildi.
Moddiy ishlab chiqarish sohalarining rivojlanishida ularni tarkiban qayta qurish
talablari ham ko’zda tutildi. Bunda asosiy e’tibor katta istiqbolga ega bo’lgan, butun
iqtisodiyotning rivojlanish tamoyillarini belgilab beradigan yetakchi tarmoq va
sohalarga qaratildi.
Iqtisodiyotda zarur tarkibiy o’zgarishlarni amalga oshirgunga qadar ishlab
chiqarish hajmining pasayib ketishiga barham berish eng muhim maqsad bo’lib qoladi.
Shu sababli respublikada 90-yillarning o’rtalaridayoq makroiqtisodiy barqarorlik
sohasida ishlab chiqarish sur’atlari pasayishining sekinlashuvi ko’zga tashlandi, ayrim
ko’rsatkichlar bo’yicha esa o’sishga erishildi. Iqtisodiyotning ikkita yetakchi tarmog’i
– sanoat va qishloq xo’jaligini isloh qilish va qo’llab-quvvatlashga qaratilgan tadbirlar
natijasida sanoatda 1995 yildayoq, qishloq xo’jaligida 1997 yilda ishlab chiqarishning
pasayishi to’xtatildi.
Makroiqtisodiy barqarorlik siyosatida 1997 yil keskin burilish davri bo’ldi,
islohotlar amalga oshirilgan davr davomida birinchi marta yalpi ichki mahsulotning
o’sishi (105,2 foiz) aholi sonining o’sishidan (101,8 foiz) yuqori bo’ldi
87
. Bu ijobiy
tamoyillar keyingi yillarda mustahkamlab borildi. Natijada 2000 yilda YAIM – 4,0
foizga, sanoat ishlab chiqarish hajmi – 6,4 foizga, qishloq xo’jalik mahsulotlari – 3,2
foizga ko’paydi. Iste’mol mollari ishlab chiqarish 7,7 foizga chakana tovar aylanishi –
87
O’zbеkiston Rеspublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari.
361
7,8 foizga, aholiga pullik xizmat ko’rsatish hajmi esa 14,0 foizga ortdi. Davlat budjeti
kamomadi YaIMning bir foizidan oshmadi. Naqd pul emissiyasi 9,4 foizni tashkil etdi.
Jami pul massasi, belgilangan darajada – ya’ni YAIMga nisbatan 19 foizdan
oshmadi
88
.
Keyingi yillarda mamlakatimiz iqtisodiyotining yuqori barqaror sur’atlar bilan
o’sishi va makroiqtisodiy mutanosibligi ta’minlandi, ishlab chiqarishni tarkibiy
o’zgartirish va modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash ishlari davom
ettirildi.
Ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning ustuvor yo’nalishlari hamda ularni ta’minlash
borasidagi vazifalarning aniq belgilab olinishi va izchil ravishda amalga oshirilishi
natijasida mamlakatimizda asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlarning bajarilishida
ahamiyatli yutuqlarga erishilmoqda.
Mamlakatimizda YaIMning nafaqat miqdoran o’sib borishi, balki uning tarkibiy
tuzilmasining sifat jihatidan takomillashib borishi ham alohida e’tiborga molik. Bunda
uning o’sishiga ta’sir ko’rsatgan omillar tahlili, ya’ni qo’shilgan ulushlarning tarkibi
hamda YaIMning o’sishiga qo’shgan hissasini ko’rib chiqish maqsadga muvofiqdir.
2008 yildagi YaIMning tarkibida qo’shilgan ulushi jihatidan xizmat ko’rsatish
sohalari (30,1%), transport va aloqa (18,0%), sanoat (17,0%), qishloq xo’jaligi
(11,9%), savdo (8,4%) tarmoqlari yetakchi o’rin tutmoqda. Shunga ko’ra, ularning
YaIMning o’sishiga qo’shgan hissasi ham tegishli ravishda 2,7; 1,6; 1,5; 1,1; 0,8
foizni tashkil etgan.
Shunisi e’tiborliki, yalpi ichki mahsulotning tarkibi faqat uning yirik tarmoq va
sohalari o’rtasida emas, balki tarmoq ichida ham o’zgarmoqda. Jumladan, rangli
metallurgiya va mashinasozlik tarmoqlari juda tez sur’atlar bilan o’smoqda. Rangli
metallurgiya sanoatining 2007 yildagi solishtirma salmog’i 2000 yilga nisbatan 1,7
baravar, mashinasozlik tarmog’ining solishtirma salmog’i esa 1,6 baravar oshgan.
Shuningdek, yoqilg’i-energetika kompleksi, qora metallurgiya sanoatining ulushi ham
oshib bormoqda
89
.
Respublika milliy iqtisodiyotida erishilgan bu ijobiy natijalar tarkibiy qayta
qurishlar asosida butunlay yangi iqtisodiyot majmuasining bunyod etilganligi, birinchi
navbatda eng muhim makroiqtisodiy va takror ishlab chiqarish nisbatlarini davlat
tomonidan samarali tartibga solishning natijasi hisoblanadi. Bunda asosiy e’tibor
iqtisodiyotning tarmoq tuzilishi, hududlarning tarkibiy tuzilishini takomillashtirishga
qaratiladi.
Tarkibiy siyosatning hududiy jihatlarini ta’minlash odamlar turmush darajasida
vujudga kelgan hududiy nomutanosiblikni bartaraf etish, resurslar va ishlab chiqarish
imkoniyatlaridan samarali foydalanishga erishishda katta ahamiyatga ega bo’ladi.
Shuningdek, bunda ishlab chiqarilayotgan mahsulot turini o’zgartirish, uning sifatini
88
Karimov I.A. Vatan ravnaqi uchun har birimiz ma’sulmiz. «Хalq so’zi». 17 fеvral 2001 yil, №37 (2599).
89
Inson manfaatlari ustuvorligini ta’minlash – barcha islohot va o’zgarishlarimizning bosh maqsadidir. O’zbеkiston
Rеspublikasi Prеzidеnti Islom Karimovning 2007 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2008
yilda iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirishning eng muhim ustuvor yo’nalishlariga bag’ishlangan Vazirlar Mahkamasi
majlisidagi ma’ruzasi // Хalq so’zi, 2008 yil 9 fеvral.
362
yaxshilash va mahsulot tayyorlashga ketadigan jami xarajatlarni kamaytirish talablari
ham hisobga olinadi.
Iqtisodiyot tuzilishidagi o’zgartirishlar, chetdan mahsulot olib kelishni
qisqartirish, iqtisodiyotning xomashyo yetishtirishga qartilgan bir tomonlama
yo’nalishini bartaraf etish va uning eksport imkoniyatini kengaytirish, tarmoqlar
ichidagi va hududiy jihatdan vujudga kelgan nomutanosibliklarni bartaraf etish asosida
iqtisodiyotning mutanosib va barqaror rivojlanishini ta’minlash vazifalarini hal etish
bilan bog’liqlikda amalga oshirildi.
Shu vazifalardan kelib chiqib,
|