Iqtisodiy sikl deganda, odatda iqtisodiyot rivojlanishining bir holatidan boshlanib, birin ketin bir necha fazalarni bosib o’tib, o’zining dastlabki holatiga qaytib kelgunga qadar o’tgan davr tushuniladi. Iqtisodiyotning rivojlanishidagi
harakati bir sikl bilan to’xtab qolmaydi, balki u to’xtovsiz to’lqinsimon harakat
sifatida davom etadi. siklli harakat iqtisodiy o’zgarishning muhim omili,
makroiqtisodiy muvozanat unsurlaridan biri bo’lib, milliy xo’jalik turli tarkibiy
qismlarining amal qilishidagi notekislikni, uning rivojlanishidagi inqilobiy va tadrijiy
bosqichlarning, iqtisodiy taraqqiyot jarayonidagi almashuvini aks ettiradi.
Iqtisodiy sikl maxsus fazalar orqali amalga oshadi. Har bir faza iqtisodiy
rivojlanishdagi muayyan pallani ifodalab, o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’ladi.
Odatda iqtisodiy siklning
inqiroz, turg’unlik, jonlanish, yuksalish fazalari ajratib
ko’rsatiladi (19.1-chizma). Ana shu fazalarning har biri rivojlanishi jaryonida
navbatdagi fazaga o’tish uchun sharoit yuzaga keladi.
19.1-chizma Iqtisodiy sikl fazalari Milliy mahsulot hajmi yuksalish inqiroz yuksalish jonlanish inqiroz turg’unlik jonlanish turg’unlik Vaqt 95
Qaralsin: Ekonomichеskaya tеoriya: Uchеb. dlya stud. vissh. uchеb. zavеdеniy / Pod rеd. V.D.Kamayeva. – 10-е izd.,
pеrеrab. i dop. - M.: Gumanit. izd. tsеntr VLADOS, 2004, 537-541-b.; Borisov ye.F. Ekonomichеskaya tеoriya:
Uchеbnik. – 3-е izd., pеrеrab. i dop. M.: YUrayt-Izdat, 2005, 301-309-b.
369
Iqtisodiy siklning dastlabki fazasi
inqirozdan boshlanib, u ishlab chiqarishning
pasayishida ifodalanadi. Inqiroz fazasining asosiy belgilari va o’ziga xos
xususiyatlarini mazkur mavzuning 3-bandida batafsil bayon etiladi.
Inqirozdan keyin