O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet380/652
Sana11.07.2024
Hajmi8,58 Mb.
#267370
1   ...   376   377   378   379   380   381   382   383   ...   652
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI

Sof monetar nazariya.
Bu nazariya tarafdorlarining fikricha bozor iqtisodiyotida 
markaziy o’rinni pul va kredit egallaydi. Iqtisodiyotning siklli o’zgarishi eng avvalo 
pul massasi oqimini o’zgartirishga bog’liq. 
Iqtisodiy faollikning o’sishi, iqtisodiyotning ravnaq topishi, uning turg’unlik 
bilan almashinib turishiga yagona sabab pul oqimining o’zgarishidir. Tovarlarga 
talabning ortishi natijasida savdo, chakana narx o’sib, ishlab chiqarishning 
kengayishiga olib keladi. 
Pul oqimi (iste’mol xarajatlari summasi) pul miqdorining o’zgarishi natijasida 
o’zgaradi. Pul miqdorining kamayishi iqtisodiy faoliyat faolligini pasaytiradi. 
Pul va kredit tizimi beqaror tavsifga ega ekanligi sababli pul oqimini 
barqarorlashtirish murakkab hisoblanadi. Hozirgi paytda kredit pullari to’lov va 
muomala vositasi sifatida asosiy rolni o’ynaydi. Aynan bank tizimi kredit pullarni 
yaratadi, shunga ko’ra, pul oqimining o’zgarishida banklarning hisob stavkalari katta 
ahamiyat kasb etadi. Bu nazariyaning ayrim namoyandalari pulni harakatga 
keltiruvchi kuch sifatida qarab, muvozanatning buzilishiga asosiy sabab deb 
ko’rsatadilar.
Ikkinchi guruhi esa pul tizimi mutanosiblikni buzmaydi, faqat mutanosiblikni 
buzilishiga olib keluvchi boshqa omillar uchun sharoit yaratadi, degan fikrni ilgari 
suradilar. Muvofiq ravishda monetar va nomonetar yo’nalish vujudga keldi. Monetar 
nazariyaning e’tiborli tomonlari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin: 
1) yuksalish fazasi davrida kreditni kengaytirish tufayli kelib chiqqan ishlab 
chiqarish tuzilmasi nomutanosibliklarini tahlil qilinadi; 


371 
2) mazkur nomutanosibliklarning salbiy oqibati sifatida kelib chiquvchi inqirozlar 
tahlil qilinadi. 
Shunday qilib, bu nazariya jamg’arishning davriy ravishda oshib ketishi va 
mutanosiblik buzilishining asosiy sababi sifatida pulni ko’rsatadilar. 

Download 8,58 Mb.
1   ...   376   377   378   379   380   381   382   383   ...   652




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish