373
narxdagi tebranishlarni asosiy tahlil qilish asosida sanoat siklining tabiatini
o’rganishga katta hissa qo’shgan Klement Juglar (1819-1905 yy.) nomi bilan ataladi.
Birinchi sanoat sikli 1825 yili Angliyada metallurgiya va boshqa yetakchi
tarmoqlarda mashinali ishlab chiqarish hukmron mavqeni egallagan davrda kuzatiladi.
1836 yildagi inqiroz dastlab Angliyada boshlanib, keyin AQSHga ham tarqaladi,
1847-1848 yillarda AQSH va qator yevropa davlatlarida boshlangan inqiroz tub
mohiyatiga ko’ra birinchi jahon sanoat inqirozi bo’lgan.
Agar XIX asrda sanoat sikli 10-12 yilni tashkil qilgan bo’lsa, XX asrda uning
davomiyligi 7-9 yil va undan ham kam davrgacha qisqargan.
AQSH va yevropaning rivojlangan davlatlari XX asrda 12 ta sanoat siklini
boshdan kechirgan bo’lib, ulardan yettitasi ikkinchi jahon urushidan keyin ro’y
bergan.
Kuznets sikli
ko’p hollarda «qurilish sikli» deb ham nomlanib, 20 yilgacha
bo’lgan iqtisodiy tebranishlar bilan aniqlanadi. Saymon Kuznets o’zining «Milliy
daromad» (1946 y.) nomli kitobida milliy daromad, iste’mol sarflari, ishlab chiqarish
maqsadidagi uskunalar hamda bino va inshootlarga yalpi investitsiyalar
ko’rsatkichlarida 20 yillik o’zaro bog’liq tebranishlar mavjud bo’lishini ko’rsatib
bergan. 1955 yilda amerikalik iqtisodchining xizmatlarini tan olish ramzi sifatida
sanoat siklini Kuznets sikli deb nomlashga qaror qilinadi.