374
nohush oqibatlaridan chetda qolmaydi. Ammo shuni e’tiborga olish zarurki, iqtisodiy
sikl alohida shaxslar turmush darajasi va korxonalar iqtisodiy faolligiga turli darajada
ta’sir ko’rsatadi.
Odatda iqtisodiy inqirozlardan sanoatning ishlab chiqarish
vositalari va uzoq
muddatli foydalaniladigan iste’mol tovarlari ishlab chiqaradigan tarmoqlari ko’proq
zarar ko’radilar.
Uy-joy va sanoat binolari qurilishi, og’ir mashinasozlik hamda investitsion
tovarlar, avtomobillar, maishiy xo’jalik buyumlari va shunga o’xshash tovarlar ishlab
chiqarish bilan bog’liq sanoat tarmoqlari va ularda band bo’lgan ishchilar siklning
inqiroz fazasida og’ir oqibatga uchraydi. Biroq, bu tarmoqlar siklning yuksalish
fazasida o’zining rivojlanishi uchun yuqori darajada rag’bat oladi.
Iqtisodiyot qiyinchilikni boshdan kechira boshlaganda ishlab chiqaruvchilar
ko’pincha zamonaviy uskunalarni sotib olishni va yangi zavodlar qurishni to’xtatadi
yoki qandaydir muddatga kechiktirishi mumkin. Bunday kon’yunktura
sharoitida
investitsion tovarlar zaxiralarini ko’paytirish hech qanday iqtisodiy mazmunga ega
emas, aksincha korxonalar mavjud ishlab chiqarish quvvatlaridan ancha to’laroq
foydalanishlari mumkin bo’ladi.
Iqtisodiy jihatdan qulay davrlarda, ya’ni siklning jonlanish va yuksalish
fazalarida ishlab chiqarish vositalari odatda ular to’liq eskirgunga qadar almashtiriladi.
Ammo tanazzul davri kelganida, korxonalar o’zining eskirgan uskunalarini ta’mirlab,
ularni ishga tushiradi. Shu sababli bu davrda ishlab chiqarish vositalariga
investitsiyalar keskin qisqaradi. Ortiqcha ishlab chiqarish quvvatlari mavjud bo’lgan
ayrim
korxonalar, hatto iste’mol qilingan asosiy kapitalining o’rnini qoplashga ham
harakat qilmaydi.
Qisqa muddatli foydalaniladigan iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi sanoat
tarmoqlari iqtisodiy siklning oqibatlarini nisbatan kamroq darajada sezadi.
Aholi yoki keng iste’molchilar qatlamiga iqtisodiy sikl turlicha ta’sir ko’rsatadi.
Tanazzul davri boshlanganda, doimiy daromad oluvchi iste’molchilar oila budjetini
qisqartirishga to’g’ri keladi, maishiy texnika va avtomashina kabi uzoq muddat
foydalaniladigan tovarlarni xarid qilishni to’xtatadi. Har
qanday sharoitda ham oila
a’zolari yeb-ichishi va kiyinishi zarurligi tufayli, oziq-ovqat mahsulotlari va kiyim-
kechaklar, ya’ni qisqa muddatda foydalanadigan iste’mol tovarlarini xarid qilishni
to’xtatish mumkin emas. Faqat, bunday tovarlarni xarid qilish miqdori qandaydir
darajada kamayishi mumkin.
Investitsion tovarlar va uzoq muddat foydalaniladigan iste’mol tovarlari ishlab
chiqaruvchi ko’pchilik sanoat tarmoqlari yuqori darajada
monopol mavqega egaligi
bilan farqlanadi va natijada bozorda nisbatan ko’p bo’lmagan yirik firmalar ma’lum
davr davomida narxning pasayishiga qarshi turishi, talabning kamayishi sababli
mahsulot chiqarish hajmini cheklash uchun yetarlicha monopol hukmronlikka ega
bo’lishi mumkin. Shu sababli talabning kamayishi birinchi navbatda ishlab chiqarish
va bandlik darajasiga ta’sir ko’rsatadi. Bunga teskari bo’lgan holatni qisqa muddatli
foydalaniladigan iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi sanoat tarmoqlarida kuzatish
mumkin. Bu tarmoqlarning ko’pchiligi o’zlarining raqobatga layoqatsizligi
va ishlab
375
chiqarish markazlashuv darajasining pastligi bilan tavsiflanadi. Shu sababli ular
siklning salbiy oqibatlariga qarshi tura olmasligi mumkin va mahsulotlariga talabning
pasayishi ishlab chiqarish darajasiga qaraganda narxlarda ko’proq aks etadi.
Demak, kapitalning to’planishi yuqori darajada bo’lgan tarmoqlarda ishlab
chiqarish hajmining keskin pasayishi va narxlarning nisbatan sekin tushishi, to’planish
darajasi past bo’lgan tarmoqlarda narxlarning sezilarli tushishi va mahsulot ishlab
chiqarish hajmining nisbatan kam qisqarishi kuzatiladi.