O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet387/652
Sana11.07.2024
Hajmi8,58 Mb.
#267370
1   ...   383   384   385   386   387   388   389   390   ...   652
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI

Agrar inqiroz. 
Qishloq xo’jaligidagi iqtisodiy inqirozlar agrar inqirozlar deb 
ataladi. Agrar inqirozlar quyidagi shakllarda namoyon bo’ladi: 1) qishloq xo’jalik 
mahsulotlarining nisbiy ortiqcha ishlab chiqarilishi, uning sotilmay qolgan juda katta 
zaxiralarining to’planishi; 2) narxlarning pasayishi, daromadlar va foydalarning 
kamayishi; 3) fermerlarning ommaviy ravishda xonavayron bo’lishi, ular qarzlarining 
ortishi; 4) qishloq aholisi o’rtasida ishsizlarning ko’payishi. 
Qishloq xo’jaligida takror ishlab chiqarish o’ziga xos xususiyatlarga ega 
bo’lganligi sababli, agrar inqirozlar o’ziga xos tavsif kasb etadi. Agrar inqirozlar 
sanoat sikllariga qaraganda odatda ancha uzoq vaqt cho’zilib boradi. Birinchi agrar 
inqiroz XIX asrning 70-yillarida boshlanib, har xil shakllarda 90-yillar o’rtasigacha 
davom etgan edi. 
Birinchi jahon urushidan keyin, aholining xarid qobiliyati juda pasayib ketgan 
sharoitda, 1920 yil bahorida keskin agrar inqiroz boshlanib ketdi va ikkinchi jahon 
urushining boshlanishga qadar davom etdi. Uchinchi agrar inqiroz 1948 yildan 
boshlanib, 80-yillargacha davom etdi. 
Agrar inqirozlarning cho’zilib ketishining asosiy sabablari quyidagilar: a) yerga 
xususiy mulk monopoliyasi sharoitida, u qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining 
rivojlanishida sanoatga nisbatan orqada qolishni taqozo etadi; b) yer rentasining mavjud 
bo’lishi va uning uzluksiz sur’atda o’sib borishi. yer rentasining, avvalo absolyut 
rentaning ko’payishi qishloq xo’jalik mahsulotlarini qimmatlashtirib yuboradi, buning 
natijasida uni sotish qiyinlashadi; v) ko’plab mayda dehqon xo’jaliklarining mavjud 
bo’lishi. Mayda ishlab chiqaruvchilar xo’jalikni asosan o’zi va oilasi uchun zarur 
tirikchilik vositalarini topish maqsadida yuritadi. Inqiroz sharoitida ham ular ishlab 
chiqarishni qisqartira olmaydilar. Tirikchiliklarini o’tkazish va ijara haqini to’lash uchun 
ishlab chiqarishni ilgarigi miqiyoslarda olib boraveradi. Bu hol qishloq xo’jalik 
mahsulotlarini ortiqcha ishlab chiqarishni yana ham ko’paytirib yuboradi. 
Agrar inqirozlar siklli tavsifga ega bo’lmaydi. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini 
ortiqcha ishlab chiqarish absolyut tavsifga emas, balki nisbiy tavsifga ega. Chunki 
inqiroz ro’y bergan mamlakatlarda million-million kishilar doimiy suratda ochlikda 
yashaydi. 
2. Iqtisodiyotda muvozanatning buzilishini 

Download 8,58 Mb.
1   ...   383   384   385   386   387   388   389   390   ...   652




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish