Ikkinchidan, avj olib borayotgan global moliyaviy inqiroz




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet390/652
Sana11.07.2024
Hajmi8,58 Mb.
#267370
1   ...   386   387   388   389   390   391   392   393   ...   652
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI

Ikkinchidan, avj olib borayotgan global moliyaviy inqiroz 
jahon moliya-bank tizimida jiddiy nuqsonlar mavjudligi va ushbu tizimni tubdan 
isloh qilish zarurligini ko’rsatdi. Ayni vaqtda bu inqiroz asosan o’z korporativ 
manfaatlarini ko’zlab ish yuritib kelgan, kredit va qimmatbaho qog’ozlar 


382 
bozorlarida turli spekulyativ amaliyotlarga berilib ketgan banklar faoliyati 
ustidan yetarli darajada nazorat yo’qligini ham tasdiqladi»
98

AQSH Federal zaxira tizimi tomonidan olib borilgan noratsional pul-kredit 
siyosati hamda qayta moliyalashtirish stavkasini surunkali ravishda past darajada 
ushlab turilishi natijasida banklar tomonidan kredit berish ko’lami keskin o’sdi. 
Federal zaxira tizimining ekspansion pul-kredit siyosati tijorat banklariga taqdim 
etadigan kreditlari bo’yicha foiz stavkalarini 1,25% gacha pasaytirilishida namoyon 
bo’lgan edi. 
Federal zaxira tizimining ipoteka bozorlariga e’tiborsizligi, ipoteka kreditlari 
berish talablarining haddan ziyod erkinlashtirilishi natijasida bozorda ko’chmas 
mulklarga talab ortdi va uy-joy bozorida narxlarning qisqa muddat ichida keskin 
o’sishi kuzatildi.
Tijorat banklari faoliyatini tartibga solish tizimining nomuvofiqligi natijasida 
banklar tomonidan kreditlash tizimi talablari o’ta yengillashib, bu holat kreditlardan 
foydalanishda to’lovga layoqatlik darajasining hisobga olinmasligiga imkon yaratdi.
SHuningdek, mutaxassislar tomonidan amaldagi bank kapitalini xalqaro tartibga 
solish (Bazel II) tizimi moliyaviy inqirozni vujudga kelishi uchun zamin yaratganligi 
e’tirof etilmoqda. Ma’lumki, 90- yillarning boshida qabul qilingan bank kapitalini 
xalqaro tartibga solishning Bazel II tizimi tijorat banklari uchun talab qilinadigan 
kapital yoki kapitalning yetarliligi aktivlarning investitsion sifatlari va ularning risk 
darajasi bo’yicha guruhlashni ko’zda tutadi. Natijada Bazel II bank kapitallarini 
reyting agentliklari xulosalariga asoslangan holda yuqori riskli aktivlarni 
sekyuritizatsiyalab, qimmatli qog’ozlarga aylantirishni rag’batlantirgan. 
Iqtisodchi olim N.Jumaevning fikriga ko’ra, Moody’s, Standard & Poors va 
Fitch kabi reyting agentliklari riskli ipotekaga asoslangan qimmatli qog’ozlarga AAA 
reytingini berganligi bilan inqirozga o’z hissasini qo’shganlikda ayblanmoqdalar
99

Mazkur reyting agentliklari tomonidan ipoteka bozorlaridagi qimmatli qog’ozlar 
bo’yicha berilgan xulosalariga asoslanib faoliyat yuritayotgan tijorat banklari va 
barcha ipoteka kreditlarining 70% ni taqdim etuvchi davlat ipoteka agentliklari 
(Freddie Mac (the Federal Home Loan Mortgage Corporation) va Fannie Mae (the 
Federal National Mortgage Association)) aktivlari sifat ko’rsatkichlarining pasayishi 
kuzatildi va pirovardida ular to’liq davlat nazoratiga o’tdi.
Yuqoridagi holatlar moliya-bank tizimida jiddiy nuqsonlar mavjudligini, shunga 
ko’ra, ushbu tizimni tubdan isloh qilish orqali yangi, sog’lom moliyaviy tizimni 
shakllantirish zarurligini tasdiqlamoqda. 
Prezidentimiz o’z asarlarida global moliyaviy inqiroz holatini va uning yuz 
berishi mumkin bo’lgan oqibatlariga doir materiallarni o’rganish va umumlashtirish 
natijasida kelib chiqqan quyidagi uchinchi xulosani ta’kidlab o’tdilar: «

Download 8,58 Mb.
1   ...   386   387   388   389   390   391   392   393   ...   652




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Ikkinchidan, avj olib borayotgan global moliyaviy inqiroz

Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish