392
1.
Ishchi kuchini takror hosil qilish va uning xususiyatlari.
Jamiyatda amalga oshirilayotgan har qanday ishlab chiqarish jarayoni ijtimoiy
ishlab chiqarish hisoblanadi. Chunki, unda ishtirok etayotgan barcha ishlab chiqarish
omillari – mehnat predmetlari, mehnat qurollari, ishchi kuchi hamda ishlab
chiqarishning boshqa sharoitlari o’z tavsifiga ko’ra ijtimoiy ahamiyat kasb etadi.
Masalan, bir tomondan, ishlab chiqarish jarayonida qo’llanilayotgan stanok – bu
o’tgan davrlar davomida yig’ilib kelayotgan ko’plab insonlar buyumlashgan mehnati
hamda uni yaratishda bevosita ishtirok etgan ko’plab kishilar jonli mehnatining
natijasidir. Boshqa tomondan esa, ushbu stanok vositasida yaratilayotgan mahsulot
ham aniq bir kishining emas, balki bir-birlari bilan ishlab chiqarish aloqalari orqali
bog’langan kishilar guruhi mehnatining natijasidir. Shuningdek, mazkur mahsulotning
bozor sharoitida hali noma’lum bo’lgan iste’molchi uchun ishlab chiqarilishining o’zi
ham mazkur jarayonning ijtimoiy tavsifini namoyon etadi.
Ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonida yalpi ishchi kuchi muhim va yetakchi
omillardan hisoblanadi. Ya
lpi ishchi kuchi – bu jamiyat yoki alohida olingan
mamlakat miqyosida qiymat va iste’mol qiymatlarini yaratishda ishtirok etuvchi