• Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet397/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   393   394   395   396   397   398   399   400   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    Asosiy tayanch tushunchalar: 
     
    Iqtisodiy inqiroz – ishlab chiqarish hajmining keskin tushib ketishi. 
    Iqtisodiy sikl – ishlab chiqarishning bir iqtisodiy inqirozdan ikkinchisi 
    boshlangunga qadar takrorlanib turadigan to’lqinsimon harakati. 
    Turg’unlik (depressiya) – ishlab chiqarishning bir joyda depsinib turishini 
    anglatuvchi hamda iqtisodiy faollik jonlanishi uchun shart-sharoitlarning vujudga 
    kelishiga imkon yaratiluvchi iqtisodiy sikl fazasi. 
    Jonlanish – iqtisodiy siklning ishlab chiqarishning barqaror kengayib borishiga 
    o’tishini tavsiflovchi fazasi. 
    Yuksalish – iqtisodiy siklning iqtisodiyotda to’liq bandlikka erishilishi, ishlab 
    chiqarishning inqirozdan oldingi darajadan ham ortib ketishi va to’lovga layoqatli 
    talabning kengayib borishini tavsiflovchi fazasi. 


    391 
    Tarkibiy inqirozlar – iqtisodiyotning ayrim tarmoqlari va sohalari rivojlanishi 
    o’rtasidagi chuqur nomutanosibliklarni ifodalovchi iqtisodiy holat. 
    Agrar inqirozlar – qishloq xo’jaligida ro’y beradigan iqtisodiy inqirozlar bo’lib, 
    siklli tavsifga ega bo’lmaydi va sanoat sikllariga qaraganda ancha uzoq davr davom 
    etadi. 
    Takrorlash uchun savol va topshiriqlar: 
    1. 
    Makroiqtisodiy barqarorlik nima? Unga erishish yo’llari qanday?
    2. 
    Iqtisodiy inqirozlar mohiyati nimada ifodalanadi? 
    3. 
    Iqtisodiy sikl bo’yicha qanday nazariyalar mavjud? Eksternal va internal 
    nazariyalarning farqi nimada? 
    4. 
    Iqtisodiy siklning ta’rifini bering va uning har bir fazasining o’ziga xos 
    belgilarini ko’rsating. 
    5. 
    Iqtisodiy sikl asosiy turlariga tavsif bering va muhim belgilarini ko’rsating. 
    6. 
    Iqtisodiy siklning oqibatlarini baholang. 
    7. 
    Inqirozlarni umumiy jihatlariga ko’ra qanday guruhlarga ajratish mumkin? 
    8. 
    Tarkibiy inqirozlarni tushuntiring. siklli tebranishlar vujudga kelishining 
    sabablarini ko’rsating. 
    9. 
    Agrar inqirozlarning xususiyatlarini bayon qiling. 
    10. Ortiqcha va taqchil ishlab chiqarish inqirozlarining kelib chiqish sabablarini 
    ko’rsating va o’zaro taqqoslang. Ushbu inqirozlarni bartaraf etish chora-tadbirlaridagi 
    farqlarni bayon eting. 
    11. 2008 yilda boshlangan jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi vujudga kelishining 
    asosiy sabablarini tushuntirib bering. 
    12. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining mazmuni va ko’lamlari to’g’risida 
    jahonning yetakchi ekspert va tahlil markazlari tomonidan qanday xulosalar 
    chiqarildi? 
    13. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining rivojlangan mamlakatlarga ta’sir 
    yo’nalishlari va darajasini tavsiflang. 
    14. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining O’zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri 
    nimalarda namoyon bo’ldi? Uning ta’sir oqibatlarini yumshatuvchi omillarni izohlab 
    bering.

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   393   394   395   396   397   398   399   400   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish