385
Germaniya
893
23
Yaponiya
576
12
Xitoy
570
13
Dunyo bo’yicha
9400
15
Inqirozdan qutqarish bo’yicha ko’rilayotgan chora-tadbirlardan ko’rinib turibdiki,
rivojlangan mamlakatlar tartibga solinmaydigan erkin bozor haqidagi ideologik
dogmani orqaga tashlab, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish usullaridan
keng foydalana boshladilar.
Tijorat banklarini «milliylashtirish»ni nazarda tutuvchi davlat budjetidan
ajratilgan mazkur investitsiya resurslari ma’lum bir davrga o’zining ijobiy natijasini
berishi mumkin.
Hozirgi vaqtda dunyo mamlakatlari tomonidan inqirozga qarshi kurash bo’yicha
yirik miqdorda moliyaviy resurslar ajratilmoqda. Ularning hajmi va yalpi ichki
mahsulotga nisbatan salmog’i inqirozning ta’sir ko’lami va har qaysi mamlakatlarning
inqirozga qarshi kurash bo’yicha ishlab chiqqan rejalari hajmiga asoslanadi.
Yuqoridagi jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, dunyo bo’yicha jami
sarflangan mablag’larning hajmi 9400 mlrd. dollarni tashkil qilgan. AQSH hukumati
sarflagan mablag’larining hajmi 3539 mlrd. dollarni tashkil qilgan bo’lib, bu
mamlakat yalpi ichki mahsulotining 25% ni tashkil etadi. Bu ko’rsatkich Buyuk
Britaniyada 1020 mlrd. dollarni (mamlakat yalpi ichki mahsulotining 37%),
Germaniyada 893 mlrd. dollarni (23%) tashkil qilgan. Bundan ko’rinadiki, hozirgi
sharoitda inqirozdan AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya nisbatan ko’proq aziyat
chekmoqda.
Inqirozni bartaraf etish bo’yicha mamlakatlar tomonidan ishlab chiqilgan chora-
tadbirlar bo’yicha ajratiladigan mablag’lar ma’lum maqsadli sarflanish yo’nalishlariga
ega (19.4-jadval).