Shu bilan birga, bugungi kunda ko’plab yetakchi olim va mutaxassislarimiz




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet395/652
Sana11.07.2024
Hajmi8,58 Mb.
#267370
1   ...   391   392   393   394   395   396   397   398   ...   652
Bog'liq
IQTISODIYOT NAZARIYASI

Shu bilan birga, bugungi kunda ko’plab yetakchi olim va mutaxassislarimiz 
tomonidan iqtisodiyotimizda moliyaviy inqirozning salbiy oqibatlari ta’sirini 
pasaytiradigan omillar mavjudligi ta’kidlanmoqda. Ba’zi mutaxassislarnin

fikricha, «hozirgi inqiroz ehtimol tutilayotgan salbiy ta’sirlardan tashqari biz uchun 
ijobiy ta’sirlarga ham ega bo’lishi, yangi imkoniyatlarni vujudga keltirishi mumkin. 
AQSH va yevropadagi investorlar aktsiyalardan bosh tortib, o’z aktivlarini 
bo’shatmoqdalar. Mohiyatiga ko’ra, qaytadan qandaydir ishga jalb etilishi zarur 
bo’lgan resurslarni bo’shatish jarayoni bormoqda. Demak, yangi bozorlarni, yangi 
imkoniyatlarni izlash boshlanadi. Investorlar kapital kiritishning muqobil yo’llarini 
qidiradilar. G’arb bozorlari turg’unlikka yuz tutgan chog’da rivojlanayotgan 
mamlakatlar bozorlari o’sishning ijobiy dinamikasini ko’rsatadi. Shunday 
mulohazalardan kelib chiqqan holda, ko’plab investorlar O’zbekiston bozoriga e’tibor 
qaratishlari ehtimoldan holi emas»
105

Shuningdek, jahon moliyaviy inqirozining O’zbekistonga ta’sirining jiddiy 
bo’lmaganligini qo’yidagi omillar bilan izohlash mumkin: 
- ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga o’tishning bosqichma-
bosqich amalga oshirish yo’lini tanlanganligi;
- davlat bosh islohotchi sifatida mas’uliyatni o’z zimmasiga olishi zarurligini aniq 
belgilab olinganligi; 
- O’zbekistonda moliyaviy-iqtisodiy, budjet, bank-kredit tizimi, shuningdek, 
iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlarining barqaror hamda uzluksiz 
ishlashini ta’minlash uchun yetarli darajada mustahkam zaxiralar yaratilganligi va 
zarur resurslar bazasining mavjudligi; 
- oqilona tashqi qarz siyosati olib borilganligi; 
- aholining ish haqi va daromadlarini izchil va oldindan oshirib borish hamda 
iste’mol bozorida narxlar indeksining asossiz tarzda o’sishining oldini olishga doir 
chora-tadbirlarning izchillik bilan amalga oshirilganligi; 
104
Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari. – 
T.: O’zbеkiston, 2009, 12-b. 
105
Хaitbayev D. Krizis mojеt imеt svoi plyusi // 
http://www.review.uz/page/article/v_uzbekistane/2356
.


388 
- davlatning moliyaviy-iqtisodiy va bank tizimlarining nechog’liq barqaror va 
ishonchli ekani, ularning himoya mexanizmlari qanchalik kuchliligi bilan izohlanadi. 
Hozir O’zbekistonning umumiy tashqi qarzi yalpi ichki mahsulotga nisbatan 
13,3% ni tashkil etmoqda, eksport hajmiga nisbatan esa 31% dan oshmaydi. Bu o’z 
navbatida mamlakatimizning xalqaro darajadagi to’lov qobiliyatga egaligini 
ifodalaydi.
Respublikamizda doimo qisqa muddatli spekulyativ kreditlardan voz kechib, chet 
el investitsiyalarini uzoq muddatlarga, imtiyozli foiz stavkalari bo’yicha jalb etildi. 
Natijada milliy iqtisodiyotimizning halqaro kreditlar bozoridagi kon’yunkturaga 
keskin bog’liqligini va moliyaviy inqirozning salbiy oqibatlarining oldi olindi.
2007-2008 yillarda o’zlashtirilgan chet el investitsiyalari hajmi 2,5 martadan 
ko’proq oshdi. Bu holat milliy iqtisodiyotimizning yuqori investitsion salohiyatga ega 
bo’layotganligi va hukumatimiz tomonidan yaratilayotgan qulay investitsion muhit 
bilan bevosita bog’liqdir.
Natijada 2008 yilda 1,7 milliard AQSH dollari miqdorida xorijiy investitsiyalar 
o’zlashtirildi, ularning 70% to’g’ridan-to’g’ri jalb qilinadigan investitsiyalar ulushiga 
to’g’ri keladi. Jalb qilingan to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalar O’zbekiston milliy 
iqtisodiyotining rivojlanishi uchun strategik ahamiyatga ega bo’lgan real sektorlarini 
modernizatsiya qilishga yo’naltirilgan.
Investitsiya dasturi doirasida 2009 yilda 1,8 milliard AQSH dollaridan ortiq 
xorijiy investitsiyalarni o’zlashtirish mo’ljallanganligi istiqboldagi barqaror iqtisodiy 
o’sish jarayonlari kuzatilishi kutilayotganligidan dalolat beradi. Mazkur xorijiy 
investitsiyalarning 75% to’g’ridan-to’g’ri investitsiyalar ulushiga to’g’ri keladi.
Darhaqiqat, hozirgi kunda tashqi dunyo bilan ikki tomonlama o’zaro manfaatli 
aloqalarimiz rivojlanib bormoqda. Iqtisodiyotni modernizatsiya qilish, texnik va 
texnologik qayta jihozlash bo’yicha dasturlarni amalga oshirishimizda xorijiy 
mamlakatlarning ilg’or texnologiyalariga asoslangan investitsiyalariga ehtiyoj mavjud.
Qolaversa, jahon bozoridagi talabning pasayib borishi mahalliy ishlab chiqaruvchi 
korxonalarimizni eksport ko’lamiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi.
Shunga asoslangan holda, hukumatimiz tomonidan inqirozga choralar dasturi
ishlab chiqilgan bo’lib, mazkur dasturda talabni rag’batlantirishga yo’naltirilgan bir 
qator moliyaviy imtiyozlar va barqaror iqtisodiy o’sish sur’atlarini ta’minlovchi chora-
tabdirlar majmui o’z aksini topdi. 

Download 8,58 Mb.
1   ...   391   392   393   394   395   396   397   398   ...   652




Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish

Bosh sahifa
Aloqalar

    Bosh sahifa



Shu bilan birga, bugungi kunda ko’plab yetakchi olim va mutaxassislarimiz

Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish