395
davlat, jamoa va xususiy mulkka asoslangan korxona va tashkilotlar, yakka tartibdagi
tadbirkor va boshqalar hisoblanishi mumkin.
Ishchi kuchi taklifi – bu muayyan vaqtda ish haqining tarkib topgan
darajasida ishga yollanishga tayyor bo’lgan mehnatga layoqatli ishchi kuchi
miqdori.
Ishchi kuchi taklifi mehnat qilish yoshidagi turli kasb va
mutaxassislikka ega
bo’lgan kishilarning ishlashga bo’lgan layoqatini namoyon etadi.
Ishchi kuchi bozorini tavsiflashdan oldin uning asosiy va o’ziga xos tovari
bo’lgan ishchi kuchining qiymati va iste’mol qiymati (nafliligi) to’g’risida to’xtalib
o’tish zarur.
Ishchi kuchining qiymati
nafaqat ishchining shaxsiy ehtiyojlarini qondirish,