|
balki ishchi kuchini takror ishlab chiqarish hamda uning sifatini oshirish Pdf ko'rish
|
bet | 404/652 | Sana | 11.07.2024 | Hajmi | 8,58 Mb. | | #267370 |
Bog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASIbalki ishchi kuchini takror ishlab chiqarish hamda uning sifatini oshirish
jarayonlarini, uning oilasini yetarli darajada ta’minlash uchun zarur bo’lgan
barcha hayotiy ne’matlarning qiymatini o’z ichiga oladi.
Ishchi kuchi qiymati
o’zgaruvchan ko’rsatkich bo’lib, u turli omillar ta’sirida oshib yoki pasayib turishi
mumkin. Ishchi kuchi qiymatini oshiruvchi omillar qatoriga quyidagilarni kiritish
mumkin: ish kunining, mehnat intensivligining oshishi; turli xil tabiiy va tarixiy
sharoitlar, fan texnikaning rivojlanishi, o’qish va kasbiy bilimlar olishga sarflarning
ko’payishi va h.k. Ishchi kuchi qiymatini pasaytiruvchi asosiy omil bo’lib ishlab
chiqarish sohasidagi ijtimoiy mehnat unumdorligining o’sishi hisoblanadi. U ishchi va
uning oilasi ehtiyojlarini qondiruvchi hayotiy vositalar qiymatining pasayishiga olib
keladi.
Ishchi kuchi tovarining nafliligi
uning,
mehnat qilish jarayonida o’z qiymatidan
ortiqcha, ya’ni qo’shimcha mahsulot qiymatini yaratib,
kapital egasining foyda
olishga bo’lgan ehtiyojini qondirish layoqati orqali namoyon bo’ladi.
Ishchi kuchi bozori tovar va kapitallar bozori bilan birgalikda bozor xo’jaligining
iqtisodiy tizimini tashkil etadi. Umumiqtisodiy bozor mexanizmining tarkibiy qismi
hisoblangan ishchi kuchi bozori talab va taklif qonuniga muvofiq iqtisodiyot tarmoq
va sohalari bo’yicha ishchi kuchi resurslarini taqsimlash va qayta taqsimlash vazifasini
bajaradi. Bunda ishchi kuchi bozori sub’ektlarining sifat jihatidan farq qiluvchi
manfaatlarini o’zaro uyg’unlashtirish va bog’lashni qiymat tamoyillari asosida
shakllantiriladi.
Shunga ko’ra, ishchi kuchi bozori o’zining maxsus tovari – ishchi kuchi
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o’ziga xos o’rin tutadi. Ishchi kuchining bu
bozordagi harakati esa bir qator ijtimoiy-iqtisodiy xususiyatlarga ega bo’ladi.
|
| |