|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti Pdf ko'rish
|
bet | 406/652 | Sana | 11.07.2024 | Hajmi | 8,58 Mb. | | #267370 |
Bog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASIFillips egri chizig’i
deb nom oldi (1-chizma).
Fillips egri chizig’iga ko’ra, inflyatsiya darajasini 1%ga pasaytirish uchun
ishsizlikni 2%ga o’stirish lozim bo’ladi. Ishsizlik va inflyatsiya darajasidagi nisbatni
tartibga solishda davlatning iqtisodiy siyosati asosiy rol o’ynaydi. Davlat ish bilan
bandlik darajasi, ishlab chiqarish hajmi va ish haqi darajasi o’rtasidagi oqilona
nisbatni ta’minlash orqali nafaqat ishsizlik va inflyatsiya darajasini nazorat qilishi,
balki ularning iqtisodiyot rivojlanishi va aholi turmush darajasiga salbiy ta’sirining
oldini olishi ham lozim.
SHunday qilib, ishchi kuchi bozori bozor xo’jaligi tizimida yetakchi o’rin tutib,
uni yuqori darajada tashkil etmasdan turib iqtisodiyotning samarali amal qilishiga
erishib bo’lmaydi.
20.1-chizma
Fillips egri chizig’i
W, P,%
W – nominal ish haqining o’sish
sur’ati;
P – inflyatsiya darajasi;
U – ishsizlik darajasi.
U,%
Bozor iqtisodiyoti tizimida ishchi kuchi bozorining roli u bajaradigan ikkita
vazifa orqali belgilanadi. Birinchi vazifasi bevosita mehnat jarayonida ishchining
397
ishlab chiqarish vositalari bilan biriktirish mexanizmi hamda band bo’lmagan ishchi
kuchining harakatini samarali tartibga solish bilan bog’liq. Ikkinchi vazifasi esa yalpi
ishchi kuchining sifatini yanada takomillashtirgan holda takror ishlab chiqarish orqali
amalga oshiriladi.
O’zbekistonda ishchi kuchi bandligini oshirish va aholini ijtimoiy himoyalash
borasida davlat tomonidan amalga oshirilgan chora-tadbirlar natijasida yildan-yilga ish
bilan ta’minlanish darajasi o’sib bormoqda (20.2-jadval).
20.2-jadval
O’zbekistonda ish bilan ta’minlashning asosiy ko’rsatkichlari
Yillar
Ish qidiruvchi
sifatida
ro’yxatdan
o’tganlar, ming
kishi
Ish
bilan
ta’minlan-
ganlar, ming
kishi
Ish
bilan
ta’minlan-
ganlarning
solishtirma
salmog’i, %
Hisobot
davri
oxiriga
rasmiy
tarzda
ro’yxatga
olingan
ishsizlar
soni, ming kishi
2000
421,4
280,6
66,6
35,4
2001
462,8
318,1
68,7
37,5
2002
448,2
322,2
71,9
34,8
2003
430,5
317,4
73,7
32,2
2004
425,0
323,7
76,2
34,9
2005
410,3
325,1
79,2
27,7
2006
391,5
320,7
81,9
29,1
2007
557,4
486,5
87,3
27,4
2008
623,3
546,6
87,7
22,9
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari.
Jadvaldan ko’rinadiki, agar ish bilan ta’minlanganlarning solishtirma salmog’i
2000 yilda 66,6% ni tashkil etgan bo’lsa, 2008 yilga kelib 87,7% ga yetdi.
|
| |