|
Shartnomaga asoslangan bandlik nazariyasi Pdf ko'rish
|
bet | 409/652 | Sana | 11.07.2024 | Hajmi | 8,58 Mb. | | #267370 |
Bog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASIShartnomaga asoslangan bandlik nazariyasi
(M.Beyli, D.Gordon,
K.Azariadis) o’zida neoklassik hamda keynscha talqinlarni uyg’unlashtiruvchi
kontseptsiya hisoblanadi. Kontseptsiya mualliflari, bir tomondan, pul ko’rinishidagi
ish haqi qat’iyligi to’g’risidagi keynscha qoidani qabul qiladilar va ishchi kuchi
bozoridagi muvofiqlashuv narxlar (ya’ni, ish haqi) hisobiga emas, balki ishlab
chiqarish moddiy hajmi va bandlikning o’zgarishi hisobiga amalga oshishini
ta’kidlaydilar. Boshqa tomondan, bu qat’iylikning o’zi xususiy iqtisodiy manfaatlar
ostida harakat qiluvchi individlarning xatti-harakatidan keltirib chiqariladi. Mazkur
nazariyaning asosida tadbirkorlar va ishchilar o’zaro uzoq muddatli shartnoma
munosabatlariga kirishishlari to’g’risidagi qoida yotadi. Mazkur shartnoma huquqiy
jihatdan taqozo etilgani uchun emas, balki har ikkala tomon uchun ham iqtisodiy
jihatdan foydaliligi sababli paydo bo’ladi. Firma ishlab chiqarishning pasayib ketishi
davrida mehnatga haq to’lash hajmini kamaytirmaydi, ishlab chiqarishning o’sishi
davrida esa malakali ishchilarga ish haqini oshirmaydi. Pul ko’rinishidagi ish haqining
o’zgarishi bir tekisda boradi. Ish haqi darajasi individlar xatti-harakatining iqtisodiy
jihatdan maqsadga muvofiq natijasi sifatida ma’lum me’yorda qat’iy tus oladi.
Moslashuvchan ishchi kuchi bozori kontseptsiyasi
(R.Buae, G.Stending) 70-
yillarning oxirida, nisbatan rivojlangan G’arb mamlakatlarida iqtisodiyotni tarkibiy
qayta qurish amalga oshirilayotgan davrda keng tarqaldi. Uning asosida ishchi kuchi
bozorini tartiblashdan voz kechish, bandlikning moslashuvchan, funktsional jihatdan
individuallashtirilgan va nostandart shakllariga (qisman bandlik, to’liq bo’lmagan ish
haftasi yoki ish kuni, qisqa muddatli shartnomalar, uyga ish olish va h.k.) o’tishning
zarurligi to’g’risidagi qoidalar yotadi. Bunday yondoshuv iqtisodiyotni tarkibiy qayta
qurish xarajatlarini kamaytirishni ta’minlashga qaratilgan bo’lib, ishga yollash, ishdan
bo’shatish va bandlik shakllarining turliligi va moslashuvchanligi; ish vaqtini tartibga
solishning moslashuvchanligi; ish haqini tabaqalashtirish asosida tartibga solishning
moslashuvchanligi; ishchilarni ijtimoiy himoyalash usul va shakllari, shuningdek,
ishchi kuchi bozoridagi talab va taklifning tebranishiga ishchi kuchi hajmi, tarkibi,
sifati va narxini muvofiqlashuvining moslashuvchanligi hisobiga erishiladi.
Umuman olganda moslashuvchan ishchi kuchi bozori kontseptsiyasi tadbirkor va
ishchilar o’zaro munosabatlarining turli shakllarini mavjudligini taqozo etib, ishchi
kuchi bozorining yalpi xarajatlarini ratsionallashtirish, foydalilik darajasini oshirish va
yuqori harakatchanligini ta’minlashga qaratilgan.
|
| |