400
Ishsizlik – iqtisodiy faol aholi bir qismining o’z ishchi kuchidan foydalana
olmasligini namoyon etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy hodisa. Mehnatga layoqatli bo’lib,
ishlashni xohlagan, lekin ish bilan ta’minlanmaganlar ishsizlar deyiladi.
Namoyon
bo’lish xususiyati va vujudga kelish sabablariga ko’ra ishsizlik friktsion, tarkibiy,
siklik, institutsional, texnologik, regional, yashirin va turg’un ishsizlik turlariga
bo’linadi.
Kishilar turli sabablar (yangi yashash joylariga ko’chib o’tish, ishining mazmuni va
tavsifi yoqmay qolishi, nisbatan yuqoriroq ish haqi olishga intilish va boshqalar)ga ko’ra
o’z ishlarini almashtirib turadilar. Biroq, bir ishdan bo’shab, boshqa biriga joylashgunga
qadar orada ma’lum vaqt o’tadi (ba’zi adabiyotlarda bu muddat 1 oydan 3 oygacha
davom etishi ko’rsatiladi). Aynan shu vaqt oralig’idagi, ya’ni
bir ishdan bo’shab yangi
ishga joylashgunga qadar bo’lgan davrdagi ishsizlik friktsion (oraliq) ishsizlik
deyiladi.
Fan-texnika taraqqiyoti, yangi texnologiyalarning ishlab chiqarishga qo’llanishi
natijasida ba’zi bir tarmoq va soha mahsulotlariga bo’lgan talab qisqarib, zamonaviy
mahsulot turlariga talab o’sadi. Natijada ba’zi bir kasb yoki mutaxassislik turlaridagi
ishchilarga talabning qisqarishi yoki umuman yo’qolishi ularning o’z kasb va
mutaxassisliklarini o’zgartirish yoki shunday kasblarga talab saqlanib qolgan joylarga
ko’chib o’tishga majbur qilib qo’yadi. Ya
ngi kasb va mutaxassislikni o’zlashtirib
yoki boshqa joyga ko’chib o’tib, yangi ishga joylashgunga qadar bo’lgan ishsizlik