• Institutsional ishsizlik ishchi kuchi bozori infratuzilmasi, ya’ni ishchi kuchini ish bilan ta’minlashga xizmat ko’rsatuvchi muassasalarning yetarli darajada
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet411/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   407   408   409   410   411   412   413   414   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    tarkibiy ishsizlik deb ataladi.
    Tarkibiy ishsizlik friktsion ishsizlikka qaraganda 
    uzoqroq davom etadi hamda ko’proq ma’lum xarajatlarni taqozo etadi. Uning uzoq 
    muddat (odatda 6 oydan ko’proq) davom etishi yangi kasb turini o’zlashtirish yoki 
    malaka oshirish bilan, ma’lum xarajat talab qilishi esa, eski kasb turi bilan 
    shug’ullanish istagi saqlanib qolgan holda, yashash joylarini o’zgartirish bilan bog’liq 
    bo’ladi. 
    Friktsion va tarkibiy ishsizlik, iqtisodiyotdagi rivojlanishning har qanday 
    holatidan qat’iy nazar, ma’lum darajada barcha mamlakatlarda mavjud bo’ladi. 
    Shunga ko’ra, 
    friktsion va tarkibiy ishsizlik birgalikda ishsizlikning tabiiy 
    darajasini tashkil qiladi.
    Siklik ishsizlik
    – iqtisodiy siklning inqiroz fazasi bilan bog’liq bo’lib, u ishlab 
    chiqarishning pasayishi va yalpi talabning qisqarishi natijasida vujudga keladi.
    Bunda o’z tovar va xizmatlariga nisbatan talabning qisqarishiga duch kelgan 
    tadbirkorlar ishlab chiqarish hajmini kamaytirish maqsadida ishchilarni ishdan 
    bo’shata boshlaydilar. siklik ishsizlik haqiqiy darajadagi ishsizlikning tabiiy darajadan 
    farqlanishini ko’rsatadi. Ishsizlikning bu turi majburiy ishsizlik hisoblanadi va 
    siklning yuksalish fazasida mavjud bo’lmaydi. 
    Institutsional ishsizlik
    ishchi kuchi bozori infratuzilmasi, ya’ni ishchi kuchini 
    ish bilan ta’minlashga xizmat ko’rsatuvchi muassasalarning yetarli darajada 
    rivojlanmaganligi yoki samarali faoliyat ko’rsatmasligi natijasida paydo bo’ladi.
    Uni ham tabiiy ishsizlik tarkibiga kiritish mumkin.
    Texnologik ishsizlik
    ishlab chiqarish jarayoniga texnologik usullarning kirib 
    kelishi bilan bog’liq bo’ladi.
    Ularning ichida asosiylari ishlab chiqarishni 


    401 
    mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish, robotlashtirish va informatsion texnologiyani 
    qo’llash hisoblanadi. 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   407   408   409   410   411   412   413   414   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish