408
Ijtimoiy takror ishlab chiqarish jarayonlarining
samarali amalga oshirilishi
ko’p jihatdan moliyaviy resurslarga bog’liq bo’ladi. Pul
vositasida takror ishlab
chiqarishning bir bosqichidan boshqasiga o’tiladi
hamda muayyan maqsadga
yo’naltirilgan ijtimoiy fondlar vujudga keltiriladi. O’z navbatida bu fondlar takror
ishlab chiqarishning uzluksizligini va kengaytirilishini ta’minlaydi.
Yalpi milliy
mahsulotni
yaratish, taqsimlash va undan foydalanish
jarayonida pul mustaqil
harakat qilib, turli xo’jalik yurituvchi bo’g’inlar, uy xo’jaliklari va davlatning pul
mablag’lari fondini tashkil etadi. Pul fondlari hosil bo’lish manbalari va amal qilish
tavsifi, maqsadlari va foydalanish usullariga qarab moliya va kredit shakllari tusini
oladi. Ushbu mavzuda moliyaning mazmuni, vazifalari tizimi, uning asosiy bo’g’ini
bo’lgan davlat budjeti va budjet mablag’larining shakllanishida
soliqlarning roli
bayon etiladi.