|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti Pdf ko'rish
|
bet | 415/652 | Sana | 11.07.2024 | Hajmi | 8,58 Mb. | | #267370 |
Bog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASIIkkinchidan,
xizmat sohasini rivojlantirish, aholiga ko’rsatiladigan ijtimoiy-
maishiy xizmat va qurilish bo’yicha xizmat turlarini yanada kengaytirish. Bunda ham
qishloq joylarda xizmat sohasini rivojlantirishga ustunlik beriladi.
Uchinchidan,
qishloqda keng tarmoqli ijtimoiy va ishlab chiqarish
infratuzilmasini yaratib, shu orqali yangi ish joylarini ochish, yangi ishlab
chiqarishlarni vujudga keltirish.
Bu vazifalarni amalga oshirish uchun respublikamizda qishloq ijtimoiy
infratuzilmasini rivojlantirish dasturlarini amalga oshirish bo’yicha ishlar uzluksiz
davom ettirilmoqda.
To’rtinchidan,
ishdan bo’shagan xodimlarni qayta tayyorlash va qayta o’qitishni
tashkil etishni tubdan o’zgartirish. Bunda ishdan bo’shayotgan va ixtisosi bo’lmagan
shaxslarga qisqa davrda, bozor iqtisodiyotiga hamda iqtisodiyotning o’zgarib
borayotgan tuzilishiga muvofiq keluvchi kasbkorni o’rgatishga e’tibor qaratish. Shu
maqsadda maxsus maslahat va o’quv markazlari, biznes maktablarning keng
tarmog’ini yanada rivojlantirish ko’zda tutiladi.
Beshinchidan,
vaqtincha ishga joylashtirish imkoni bo’lmagan ishchi kuchlarini
davlat tomonidan ishonchli ravishda ijtimoiy himoyalash. Bu siyosat ularning o’ta
zarur ehtiyojlarini qondirish va kafolatli tirikchilik manbalariga ega bo’lishga
qaratiladi.
Ishchi kuchining ish bilan bandligi muammosi ko’p qirrali bo’lib, u barcha
odamlarga o’z qobiliyatlarini ishga solish, o’z ehtiyojlarini qondirish uchun dastlabki
teng imkoniyatlarni ta’minlovchi davlat va bozor mexanizmini vujudga keltirish;
ishchi kuchini unumli va samarali ish bilan band qilish; zarur hollarda ishchi kuchini
iqtisodiyot tarmoqlari va sohalari o’rtasida qayta taqsimlash kabi masalalarni ham o’z
ichiga oladi.
Mamlakatimiz Prezidenti «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O’zbekiston
sharoitida uni bartaraf etishning yo’llari va choralari» nomli asarida
|
| |