406
4.
Iqtisodiyotning barqarorligi va sog’lomligini aks ettiruvchi ko’rsatkichlardan
biri ishsizlik darajasi hisoblanadi. Biroq, har qanday mamlakatda doimiy ravishda
ma’lum darajada ishsizlik mavjud bo’ladi. Umuman olganda,
mehnatga
layoqatli
bo’lib, ishlashni xohlagan, lekin ish bilan ta’minlanmaganlar ishsizlar deyiladi.
Namoyon bo’lish xususiyati va vujudga kelish sabablariga ko’ra ishsizlik friktsion,
tarkibiy, siklik,
institutsional, texnologik, hududiy, yashirin va turg’un ishsizlik
turlariga bo’linadi.
5.
«To’la bandlik» tushunchasi iqtisodiyotda
ishsizlikning mutlaq mavjud
bo’lmasligini bildirmaydi. Chunki, friktsion va tarkibiy ishsizlikning bo’lishi tabiiy
hisoblanadi, shu sababli to’la bandlik ishchi kuchining 100% dan kam qismini tashkil
qiluvchi miqdor sifatida aniqlanadi. Aniqroq aytganda, to’la
bandlik sharoitida
ishsizlik darajasi friktsion va tarkibiy ishsizlar soniga teng bo’ladi. siklik ishsizlik
nolga teng bo’lganda to’la bandlik sharoitidagi ishsizlik darajasiga erishiladi. To’la
bandlik sharoitidagi ishsizlik darajasi ishsizlikning tabiiy darajasi deb ataladi.
6.
Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari uning ta’sirida ishlab chiqarilmay qolgan
mahsulot hajmi orqali baholanadi. Iqtisodiyot ishlashni
xohlagan va ishlay oladigan
barcha uchun yetarli miqdorda ish joylarini yaratish holatiga ega bo’lmasa mahsulot
ishlab chiqarish potentsial imkoniyatining bir qismi yo’qotiladi. Iqtisodiy
adabiyotlarda bu yo’qotish yalpi ichki mahsulot (YAIM)
hajmining orqada qolishi
sifatida aniqlanadi hamda u haqiqiy YAIMning potentsial YAIMdan kam bo’lgan
hajmi sifatida ko’rinadi. Ishsizlik darajasi qanchalik yuqori bo’lsa, YAIM hajmining
orqada qolishi shunchalik katta bo’ladi.