|
Moliyaning mohiyati va vazifalari. Moliya tizimi Pdf ko'rish
|
bet | 420/652 | Sana | 11.07.2024 | Hajmi | 8,58 Mb. | | #267370 |
Bog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASI
1. Moliyaning mohiyati va vazifalari. Moliya tizimi
Har qanday mamlakat iqtisodiyotining barqaror rivojlanishi eng avvalo davlat, uning turli
mintaqa va hududlari, iqtisodiyotning tarmoq va sohalari, ishlab chiqarish birliklari, aholi turli
qatlamlari o’rtasidagi pul mablag’lari oqimining samarali tashkil etilishiga bog’liq bo’ladi.
Bunday pul oqimlari jamiyat real hayoti jarayonlarini aks ettirib, mamlakatdagi fuqarolar va
yuridik shaxslar o’rtasida o’zaro iqtisodiy munosabat va aloqalarni o’rnatadi. Davlat korxona
va tashkilotlar, turli moliyaviy muassasalar, aholi bilan olib boriladigan o’zining barcha
vazifalarini aynan moliya mexanizmi orqali amalga oshiradi. Moliya milliy iqtisodiyot va aholi
farovonligining o’sishini aks ettirib, korxonalar ishlab chiqarish xarajatlarining pasayishi va
ularning jahon bozoridagi raqobatbardoshligini oshishini rag’batlantiradi, ishlab chiqarish
tuzilmasini, tarmoqlararo va hududiy nisbatlarni shakllantiradi.
Moliya – iqtisodiy kategoriya sifatida pul mablag’laridan foydalanish va
uning harakatini tartibga solish bilan bog’liq bo’lgan munosabatlar tizimidir.
Uning vositasida turli darajada pul mablag’lari fondlari vujudga keltiriladi va
ular takror ishlab chiqarish ehtiyojlari va boshqa ijtimoiy ehtiyojlarni qondirish
maqsadida taqsimlanadi.
Moliya pul bilan bog’liq munosabatlar bo’lib, uning moddiy asosini pul tashkil
qiladi, lekin u pul emas yoki pul bilan bir xil narsa tushuncha emas. Bundan
ko’rinadiki, iqtisodiyotning samarali va barqaror ravishda amal qilishi, yuqori o’sish
sur’atlarini ta’minlash maqsadida davlat ko’plab boshqa iqtisodiy sub’ektlar bilan
moliyaviy munosabatlarga kirishadi. Moliyaviy munosabatlar – davlat, mintaqalar,
tarmoqlar, korxona va tashkilotlar hamda alohida fuqarolar o’rtasida pul mablag’lari
fondlarining harakati bilan bog’liq holda vujudga keluvchi iqtisodiy munosabatlar
majmui.
Moliyaviy munosabatlarning ob’ektlari va sub’ektlari farqlanadi.
|
| |