409
bo’lib turadi. Bu munosabatlarning asosiylari sifatida quyidagi munosabatlarni
ko’rsatish mumkin:
- davlatlararo moliyaviy munosabatlar;
- davlat va turli xalqaro tashkilotlar, xorijiy firma va korxonalar o’rtasidagi
moliyaviy munosabatlar;
- boshqaruvning turli darajalaridagi davlat organlari o’rtasidagi moliyaviy
munosabatlar;
- davlat va korxonalar o’rtasidagi moliyaviy munosabatlar;
- davlat va jamoat tashkilotlari o’rtasidagi moliyaviy munosabatlar;
- davlat va aholi o’rtasidagi moliyaviy munosabatlar;
- korxonalararo moliyaviy munosabatlar;
- korxonalar va banklar o’rtasidagi moliyaviy munosabatlar;
- korxona ichidagi xo’jalik aloqalariga xizmat qiluvchi moliyaviy munosabatlar
va boshqalar.
Moliya iqtisodiyot doirasida o’zaro bog’liq bo’lgan quyidagi
vazifalarni
bajaradi:
1) iqtisodiy jarayonlarni, loyihalar va tadbirlarni pul resurslari bilan ta’minlash va
unga xizmat ko’rsatish vazifasi;
2) taqsimlash vazifasi;
3) rag’batlantirish vazifasi;
4) nazorat qilish vazifasi.
Jamiyat miqyosidagi iqtisodiy faoliyat turli jarayon va tadbirlarning, jumladan,
mamlakatni boshqarish, mudofaa qobiliyatini ta’minlash, huquq-tartibot ishlarini
yo’lga qo’yish, sog’liqni saqlash, madaniy-ma’rifiy ishlar va boshqalarning amalga
oshirilishini taqozo etadi. Buning uchun eng avvalo ularni moliyaviy resurslar bilan
ta’minlash kerak bo’ladi. Shunga ko’ra, moliya iqtisodiy jarayon va tadbirlarni