|
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti Pdf ko'rish
|
bet | 424/652 | Sana | 11.07.2024 | Hajmi | 8,58 Mb. | | #267370 |
Bog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASI
21.2-jadval
O’zbekiston respublikasi davlat budjetining
xarajatlar tarkibi (YaIMga nisbatan %da)
Ko’rsatkichlar
2000 2001 2002 2003 2004 2005 2006 2007
Xarajatlar - jami
29,5
27,0
25,8
24,6
22,9
22,2
21,1
20,2
Shu jumladan:
Ijtimoiy sohaga
10,4
10,2
9,8
9,3
9,1
9,5
9,2
9,4
Ijtimoiy himoyaga
2,3
2,1
2,0
2,1
1,8
1,8
1,5
1,3
Iqtisodiyot
uchun
xarajatlar
3,0
2,3
2,3
3,0
3,1
3,0
2,7
2,4
Markazlashtirilgan
investitsiyalarni
moliyalashtirish
xarajatlari
6,0
5,0
4,7
3,3
2,7
2,4
2,0
1,7
Davlat
hokimiyati,
boshqaruv va sud
organlariga xarajatlar
0,6
0,6
0,5
0,5
0,6
0,5
0,5
0,6
Boshqa xarajatlar
7,2
6,8
6,5
6,4
5,6
5,0
5,2
4,8
Manba: O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma’lumotlari.
Bozor iqtisodiyotiga o’tib borish bilan jamiyat moliya tizimida turli xil sug’urta
(ijtimoiy sug’urta, tibbiy sug’urta) fondlari va budjetdan tashqari moliya fondlari (pensiya
fondi, aholini ish bilan ta’minlash fondi, tabiatni muhofaza qilish fondi, tarixiy
yodgorliklarni saqlash fondi, tadbirkorlarga ko’mak berish fondi va boshqalar)ning
ahamiyati ortib boradi.
2. Budjet taqchilligi va davlat qarzlari
Davlat budjetining daromadlari va xarajatlari muvozanatda bo’lishini taqozo
qiladi.
Lekin ko’pchilik hollarda davlat budjeti xarajatlarining daromadlardan
ortiqchaligi kuzatiladi, buning oqibatida budjet taqchilligi ro’y beradi.
Bu
holning sabablari ko’p bo’lib, ularning ichida, davlatning jamiyat hayotining barcha
sohalaridagi rolining uzluksiz o’sib borishi, uning iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarining
kengayishi alohida o’rin tutadi. Budjet taqchilligining o’sishi yoki kamayishi mutlaq
miqdorda va uning yalpi ichki mahsulot (YaIM)ga nisbatida aniq namoyon bo’ladi.
Budjet taqchilligining o’sishi yoki kamayishi mutloq miqdorda va uning yalpi
ichki mahsulot (YaIM)ga nisbatida aniq namoyon bo’ladi. Masalan, 2000 yilda
Respublikamiz davlat budjetining taqchilligi (defitsit) YaIMga nisbatan 1 foizni tashkil
etgan bo’lsa, keyingi yillarda taqchillik darajasi pasayib borib, 2005 yilda budjet
daromadlarining xarajatlardan oshib ketishi (profitsit)ga erishildi.
412
Budjet taqchilligining o’zgarishi xo’jalik kon’yunkturasidagi joriy tebranishlar,
ishlab chiqarishdagi davriy inqiroz va yuksalishlarni ham aks ettiradi, inqirozlar davrida
davlat budjet mablag’lari hisobidan iqtisodiyotning ma’lum sektorlarini moliyaviy
ta’minlab turishga, umumdavlat ahamiyatiga ega bo’lgan tarmoqlarda investitsiyalar
hajmini saqlab turishga majbur bo’ladi.
O’rnatilgan xalqaro standartlarga ko’ra budjet taqchilligi YAIMning 5% darajasidan
oshmasligi lozim. Budjet taqchilligi asosan davlat qarzi hisobiga qoplanadi.
Davlat qarzi ichki va tashqi qarzlardan iborat bo’ladi.
|
| |