• 21.5-jadval Soliq yuki va budjet daromadlari o’zgarishi dinamikasi, (YAIM nisbatan %da) Ko’rsatkichlar 2005 yil 2006 yil
  • O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet432/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   428   429   430   431   432   433   434   435   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    21.4-jadval 
    2005-2009 yillarda soliq stavkalarining o’zgarishi, foizda 
    Soliq turi 
    2005 yil
    2009 yil
    Farqi, 
    baravar 
    (-;+)
    Yuridik shaxslardan olinadigan 
    foyda solig’i 
    15,0 
    10,0 
    -1,5 
    Dividend/foizlar 
    shaklida 
    olinadigan daromadlardan foyda 
    solig’i 
    15,0 
    10,0 
    -1,5 
    Aktsiz solig’i 
    31,0 
    21,5 
    -1,4 
    Yagona soliq to’lovi 
    13,0 
    7,0 
    -1,9 
    Yagona ijtimoiy to’lov 
    31,0 
    24,0 
    -1,3 
    Manba: O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma’lumotlari. 
    O’zbekiston Respublikasida soliq yuki muntazam pasayish tendentsiyasiga ega 
    bo’lmoqda. Masalan, soliq yuki 2005 yilda YAIMga nisbatan 24,0% ni tashkil etgan 
    bo’lsa, 2008 yilda bu ko’rsatkich 22,0% ga qadar pasaygan (21.5-jadval). 
    21.5-jadval 
    Soliq yuki va budjet daromadlari o’zgarishi dinamikasi, 
    (YAIM nisbatan %da) 
    Ko’rsatkichlar 2005 yil 
    2006 yil 
    2007 yil 
    2008 yil 
    Soliq yuki 
    24,0 
    23,0 
    22,3 
    22,0 
    Budjet 
    daromadlari 
    21,5 
    21,6 
    21,8 
    23,8 
    Manba: O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi ma’lumotlari. 


    420 
    Ayni paytda soliq yukining tarkibiy tuzilishi ham takomillashib bormoqda. Agar 
    2000 yildagi umumiy soliq yuki tarkibida 7,8 foizi bevosita soliqlar, 16 foizi bilvosita 
    soliqlar, 4,7 foizi resurs va mol-mulk soliqlaridan iborat bo’lsa, 2007 yilga kelib 
    bevosita soliqlar 5,4 foizga, bilvosita soliqlar 10,7 foizga qadar qisqarib, resurs va 
    mol-mulk solig’i 4,8 foizga qadar oshgan. 
    Soliq stavkalarining pasayishi hisobiga to’g’ri soliqlar ulushining pasayishi 
    tendentsiyasi, xalqaro standartlarga muvofiq holda yuridik shaxslarning foyda 
    (daromad) solig’ini hisoblash mexanizmini takomillashtirish kuzatilmoqda.
    2009-2012 yillarga mo’ljallangan Inqirozga qarshi choralar dasturida ham kichik 
    biznesni rivojlantirishni rag’batlantirishda soliq imtiyozlaridan keng foydalanish 
    belgilab olingan. Jumladan: 
    - yangi tashkil etilayotgan kichik va xususiy korxonalarni qo’llab-quvvatlash 
    maqsadida Imtiyozli kredit jamg’armasining resurs bazasini ikki barobar oshirish; 
    - berilgan imtiyozlarning amal qilish muddati uzaytirish; 
    - aylanma mablag’larni to’ldirish uchun beriladigan kreditlarning eng uzoq 
    muddatini 12 oydan 18 oyga oshirish; 
    - 2009 yilning 1 yanvaridan sanoat sohasida faoliyat ko’rsatayotgan kichik 
    korxonalar uchun yagona soliq to’lov stavkasi 8 foizdan 7 foizga kamaytirish; 
    - moliyaviy, maishiy va boshqa xizmatlarni ko’rsatayotgan mikrofirmalar va 
    kichik korxonalarni yagona soliq to’lovidan 3 yil muddatga ozod etish; 
    - mikrofirmalar va kichik korxonalar, nodavlat xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni 
    oladigan dividendlarining investitsiyalarga, avval olingan kreditlar uchun hisob-kitob 
    qilishga yo’naltiriladigan qismini 5 yil muddatga soliqdan ozod etish; 
    - 2009 yilda xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni tekshirishlar sonini kamida yana 30 
    foizga kamaytirish ko’zda tutilgan
    110
    .
    Belgilangan soliq imtiyozlari kichik biznes va xususiy tadbirkorlik 
    sub’ektlarining faoliyatini yanada kengaytirish va iqtisodiyotimiz salohiyatini 
    oshirishga qulay imkon yaratadi.

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   428   429   430   431   432   433   434   435   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish