417
YAIM – yalpi ichki mahsulot hajmi.
Davlat iqtisodiy siyosatining muhim tarkibiy qismlaridan biri moliyaviy siyosat
hisoblanadi.
Moliyaviy siyosat – davlatning o’z vazifalarini amalga oshirish uchun
moliyani tashkil etish va foydalanish bo’yicha chora-tadbirlar majmui.
Moliyaviy siyosat diskretsion va o’z-o’zidan tartiblanuvchi tavsifdagi
siyosatlarga bo’linadi. Diskretsion moliyaviy siyosat iqtisodiyotga ta’sir o’tkazish
maqsadida soliq va davlat sarflarini o’zgartirib turish bilan bog’liq. O’z-o’zidan
tartiblanuvchi moliyaviy siyosat esa iqtisodiyotdagi holat o’zgarishiga muvofiq tarzda
tartiblovchi mexanizmlarni o’zining ishga tushishiga asoslanadi.
Bundan ko’rinadiki, milliy iqtisodiyotning rivojlanishiga turli iqtisodiy
sub’ektlarni soliqqa tortish hamda tushgan mablag’larni davlat budjeti orqali qayta
taqsimlash jarayonlari ahamiyatli ta’sir ko’rsatadi.