425
ko’rsatilgan xizmatlar hajmiga va ularning narxiga bog’liq bo’ladi.
Albatta bunda narx haqida gap ketganda AQSH iqtisodchisi I.Fisher
ko’rsatganidek hamma tovarlarning o’rtacha narxi olinmaydi. Chunki samolyot narxi
bilan ruchka narxining o’rtachasini olib bo’lmaydi. Shuning
uchun har bir turdagi
tovarning bozor narxida sotilgan summalari yig’indisi olinadi.
Ta’kidlash lozimki, pulning hamma tizimlari uchun pul muomalasi qonuni
umumiy bo’lib, shu bilan birga oltin va qog’oz pul muomalasi qonunlarining o’ziga
xos xususiyatlari va bir-biridan farqlari mavjud.
Masalan,
1) oltin pul muomalada bo’lganda:
a) ortiqcha oltin
pul xazinaga jalb qilinib, zaxirada to’planib boradi, zarur
bo’lganda muomalaga yoki har xil bezaklar uchun foydalanishga
chiqariladi;
b) tovarlar hajmi ko’payib, muomala uchun qo’shimcha pul zarur bo’lganda
xazinadagi oltin pullar muomalaga kiritiladi. Shu yo’l bilan muomala uchun zarur
bo’lgan oltin pul miqdori o’z-o’zidan tartiblanadi.
2) Muomala uchun zarur bo’lgan oltin pul miqdori tovarlar qiymatining
miqdoriga to’g’ri mutanosiblikda, oltinning o’z qiymatiga nisbatan esa teskari
mutanosiblikda o’zgaradi:
a) oltin pul qiymati va tovarlar hajmi o’zgarmagan taqdirda tovarlar qiymati
qancha past bo’lsa, muomala uchun zarur bo’lgan
pul miqdori ham shuncha kam
bo’ladi. Agar tovarlar qiymati o’zgarmasa, pulning miqdori tovarlar hajmining
ortishiga qarab unga mutanosib ravishda ko’payadi;
b) agar tovarlar hajmi va qiymati o’zgarmaydi,
deb faraz qilsak, muomaladagi
oltin pul miqdori oltinning o’z qiymatiga qarab o’zgaradi, ya’ni uning qiymati oshsa,
pul miqdori kamayadi, qiymati pasaysa, pul miqdori ko’payadi.