|
Pul muomalasi va uning amal qilish qonuniyatlari Pdf ko'rish
|
bet | 436/652 | Sana | 11.07.2024 | Hajmi | 8,58 Mb. | | #267370 |
Bog'liq IQTISODIYOT NAZARIYASI1. Pul muomalasi va uning amal qilish qonuniyatlari.
Pulga bo’lgan talab va pul taklifi
Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul mablag’lari to’xtovsiz harakatda bo’ladi,
tovarlar va xizmatlarni ayirboshlash jarayonida resurslar uchun to’lovlarni amalga
oshirishda, ish haqi hamda boshqa majburiyatlarni to’lashda pul qo’ldan qo’lga o’tib,
aylanib turadi.
Pulning o’z vazifalarini bajarish jarayonidagi to’xtovsiz harakati
pul muomalasi deyiladi.
Jahonda tarixan shakllangan hamda har bir mamlakat tomonidan qonuniy
ravishda mustahkamlab qo’yilgan pul muomalasining turli tizimlari amal qiladi.
Mamlakat
pul tizimi
ning muhim tarkibiy qismlari quyidagilardan iborat:
1) milliy pul birligi (so’m, dollar, iena, funt sterling, marka va h.k.);
2) naqd pul muomalasida qonuniy to’lov vositasi sifatida amal qiluvchi qog’oz,
tanga va kredit pullar tizimi;
3) pul emissiyasi, ya’ni belgilangan qonuniy tartibda pulni muomalaga chiqarish
tizimi;
4) pul muomalasini tartibga soluvchi davlat idoralari.
Pul muomalasi naqd va kredit pullar yordamida amalga oshiriladi.
Naqd pul
muomalasiga
bank biletlari va metall tangalar (pul belgilari) xizmat qiladi.
Naqd
pulsiz hisoblar
cheklar, kredit kartochkalari, veksellar, akkreditivlar, to’lov
talabnomalari kabilar yordamida amalga oshiriladi. Ularning hammasi
pul agregati
deb yuritiladi.
Muomalada mavjud bo’lgan pul massasi
naqd va kredit pullarni
qo’shish yo’li bilan aniqlanadi.
Pul muomalasi o’ziga xos qonunlarga asoslangan holda amalga oshiriladi. Uning
qonunlaridan eng muhimi muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdorini aniqlash va
shunga muvofiq muomalaga pul chiqarishdir.
Muomalani ta’minlash uchun zarur bo’lgan pul miqdori quyidagi omillarga
bog’liq:
|
| |