• 2. Pul birligining aylanish tezligi.
  • 3. Kreditning rivojlanganlik darajasi, puldan to’lov vositasi sifatida foydalanish.
  • Muayyan davrda (masalan, bir yil davomida) sotilishi va sotib olinishi




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish
    bet437/652
    Sana11.07.2024
    Hajmi8,58 Mb.
    #267370
    1   ...   433   434   435   436   437   438   439   440   ...   652
    Bog'liq
    IQTISODIYOT NAZARIYASI

    1. Muayyan davrda (masalan, bir yil davomida) sotilishi va sotib olinishi 
    lozim bo’lgan tovarlar summasi. 
    Tovarlar va xizmatlar qancha ko’p bo’lsa, ularning 
    narxi qancha baland bo’lsa, ularni sotish va sotib olish uchun shuncha ko’p pul 
    miqdori talab qilinadi. 


    424 
    2. Pul birligining aylanish tezligi.
    Pul bir xil bo’lmagan tezlik bilan aylanadi. Bu 
    ko’p omillarga, jumladan sotilayotgan tovarlar turiga, ularning xaridorgirligiga bog’liq 
    bo’ladi. Pul qanchalik tez aylansa, muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori shuncha 
    kam bo’ladi. 
    3. Kreditning rivojlanganlik darajasi, puldan to’lov vositasi sifatida 
    foydalanish.
    Ko’pincha tovarlar qarzga (kreditga) sotiladi va ularning haqi kelishuvga 
    muvofiq keyingi davrlarda to’lanadi. Demak, muomala uchun zarur bo’lgan pul 
    miqdori kredit miqdoriga muvofiq kamroq bo’ladi. Ikkinchi tomondan, bu davrda 
    ilgari kreditga sotilgan tovarlar haqini to’lash vaqti boshlanadi. Bu pul miqdoriga 
    ehtiyojni ko’paytiradi.
    Mazkur holatlarni hisobga olganda, muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori 
    quyidagi formula bo’yicha aniqlanadi: 
    t
    t
    k
    b
    m
    À
    Õ
    Õ
    T
    P




    bu yerda: 
    P

    - muayyan davrda muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori; 
    T

    - sotilishi lozim bo’lgan tovarlar summasi (tovarlar miqdori × narxi); 
    X

    - kreditga sotilgan tovarlar summasi; 
    X

    - to’lash muddati kelgan tovarlar va xizmatlar hamda boshqa to’lovlar 
    summasi; 
    A

    - pulning aylanish tezligi. 
    Masalan sotilgan tovarlar summasi 100 mln. so’mni, kreditga sotilgan tovarlar – 
    20 mln. so’mni, ilgari kreditga sotilib, ayni paytda to’lash muddati kelgan tovarlar va 
    boshqa to’lovlar – 40 mln. so’mni tashkil qilib, pulning aylanish tezligi 6 marta bo’lsa, 
    u holda muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori 20 mln. so’mga teng bo’ladi. Ya’ni: 
    .
    '
    .
    ln
    20
    6
    40
    20
    100
    m
    so
    m
    P
    m




    Muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdori pul muomalasi qonunini miqdoran 
    ifodalaydi. Chunki muomala uchun zarur bo’lgan pul miqdoriga nisbatan muomalaga 
    kam pul chiqarilsa, ko’pgina xo’jaliklarda pul tishmasligi, normal holatda xo’jalik 
    yuritib bo’lmay qolish holati yuz beradi. Yoki, aksincha, muomalada bo’lgan pul 
    miqdori sotilayotgan tovarlar va xizmatlar summasiga nisbatan oshib ketishi va buning 
    natijasida tovarlar bilan ta’minlanmagan pulning paydo bo’lishi uning qadrsizlanishi, 
    ya’ni inflyatsiyani bildiradi.
    Pul miqdoriga ta’sir etuvchi omillarni hisobga olib, pul muomalasining quyidagi 
    qonuniga ta’rif berish mumkin: 

    Download 8,58 Mb.
    1   ...   433   434   435   436   437   438   439   440   ...   652




    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish

    Bosh sahifa
    Aloqalar

        Bosh sahifa



    Muayyan davrda (masalan, bir yil davomida) sotilishi va sotib olinishi

    Download 8,58 Mb.
    Pdf ko'rish