1. Talab inflyatsiyasi. Narx darajasining an’anaviy o’zgarishi jami talab
ortiqchaligi bilan tushuntiriladi. Iqtisodiyotning ishlab chiqarish sohasi mahsulotning
real hajmini ko’paytirib, ortiqcha talabni qondira olmaydi. Chunki barcha mavjud
resurslar to’liq foydalanilgan bo’ladi. Shu sababli bu ortiqcha talab narxning oshishiga
olib keladi va talab inflyatsiyasini keltirib chiqaradi. Talab inflyatsiyasini quyidagi
chizma orqali izohlash mumkin (22.1-chizma).
CHizmadan ko’rinadiki, iqtisodiyotdagi pul hajmining ko’payishi qisqa muddat
ichida yalpi talabni AD
1
dan AD
2
ga siljishiga olib keladi. Agar bu vaqtda
iqtisodiyotning holati yalpi taklif egri chizig’ining oraliq (2) yoki tik (klassik) (3)
kesmasiga mos kelsa, bu narx darajasining o’sishiga, ya’ni talab inflyatsiyasining ro’y
berishiga olib keladi.
22.1-chizma Talab inflyatsiyasi Narx darajasi AS 3 P 2 AD 2 2 P 1
432
1 AD 1 0 Q 1 Q 2
Real YaMM 2. Taklif inflyatsiyasi. Inflyatsiya ishlab chiqarish xarajatlari va bozordagi
taklifning o’zgarishi natijasida ham kelib chiqishi mumkin. Ishlab chiqarish
xarajatlarining o’sishi keltirib chiqadigan inflyatsiya mahsulot birligiga qilinadigan
xarajatlarning ko’payishi hisobiga narxlarning oshishini bildiradi. Bu holatni ham
chizma orqali ko’rib chiqamiz (22.2-chizma).
2.2-chizma Taklif inflyatsiyasi