Narx darajasi AS 2 AS 1 3 P 2 AD 2 P 1 1 0 Q 2 Q 1
Real YAMM Chizmadan ko’rinadiki, xarajatlarning o’sishi natijasida yalpi taklif egri
chizig’ining AS
1
dan AS
2
ga qisqarishi mahsulot birligiga to’g’ri keluvchi xarajat
miqdorini oshirib, narxlarning R
1
dan R
2
darajaga qadar ko’tarilishiga, real ishlab
chiqarish hajmining esa Q
1
dan Q
2
ga qadar qisqarishiga olib keladi.
Shuningdek, inflyatsiyaning quyidagi sabablarini ham ko’rsatish mumkin:
- monopolistik faoliyatlarning paydo bo’lishi va amal qilishi;
- noto’g’ri soliq siyosati yuritish;
- jahon bozorlaridagi narxlarning o’sishi;
- harbiy sohadagi xarajatlarning o’sishi va hokazo.
Mahsulot birligiga ishlab chiqarish xarajatlarining ortishi iqtisodiyotda foydani va
mahsulot hajmini qisqartiradi. Natijada tovarlar taklifi ham qisqaradi. Bu o’z navbatida
narx darajasini oshiradi. Ishlab chiqarish xarajatlari nominal ish haqi, xomashyo va
energiya narxlarining o’sishi hisobiga ortib boradi.
Inflyatsiyaning o’rmalab boruvchi, jadal va giperinflyatsiya kabi turlari ham
mavjud.
O’rmalab boruvchi inflyatsiya holatida narxlar yiliga 10 foizgacha,
jadal
433
inflyatsiyada 20 dan 200 foizgacha,
giperinflyatsiyada 200 foizdan yuqori darajada
o’sishi kuzatiladi.
Bashorat qilish mumkinligiga qarab kutilayotgan va kutilmagan inflyatsiya
farqlanadi.