430
narxining o’sishidir, degan ta’rifning to’liq va yetarli emasligini ko’rsatadi. Qog’oz
pullar inflyatsiyaga uchraganda uch xil narsaga nisbatan qadrsizlanadi:
1) oltinga nisbatan – bu oltinning qog’oz pullarda bozor narxining oshishida o’z
ifodasini topadi;
2) tovarlarga nisbatan – bu tovarlar narxining oshishida o’z ifodasini topadi;
3) bardoshli chet el valyutalariga nisbatan – bu chet el valyutalariga nisbatan
milliy pul kursining tushib ketishida o’z ifodasini topadi.
Real iqtisodiy hayotda barcha kishilar tomonidan har kuni tovar va xizmatlar
sotib olinayotganligi uchun qog’oz pullarning tovar va xizmatlarga nisbatan
inflyatsiyasiga alohida e’tibor qaratiladi va adabiyotlarda inflyatsiya darajasi
narxlarning o’zgarishiga qarab o’lchanadi.
Inflyatsiya narx indeksi yordamida bazis davrga nisbatan o’lchanadi.
Narxlar
indeksi
joriy davrdagi iste’mol narxlarini bazis davrdagi iste’mol narxlariga
nisbati orqali aniqlanadi:
%
100
b
j
ÒN
ÒN
NI
,
bu yerda:
NI – narxlar indeksi;
TN
j
– joriy davrdagi iste’mol tovarlari narxi;
TN
b
– bazis davrdagi iste’mol tovarlari narxi.
Narxlar o’zgarishini hisobga olish qamroviga ko’ra narxlar indeksining quyidagi
turlarini hisoblash mumkin:
- iste’mol narxlari indeksi;
- ulgurji narxlar indeksi;
- narxlar indeksi – YAIM deflyatori;
- eksport va import narxlar indeksi.
Narxlar indeksidan foydalangan holda